Sarimsoqpiyoz va kartoshka bilan pishirilgan mol go’shtidan antiqa taom
Masalliqlar:
-
700 gramm mol go'shti
-
400 gramm kartoshka
-
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq oregano
-
1 choy qoshiq zira
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
yarim bog' petrushka yoki kashnich
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Oddiy masalliqlar solinadigan taomni umuman boshqa ko’rinish va ta’mda chiqishini xohlasangiz, unda bizning bu usul aynan siz uchun!
Kutilmagan mehmonlar tashrif buyurganda, shuningdek taom tayyorlash uchun ko’p vaqtingiz bo’lmasa, tezpishar taom retsepti sizning ko’makchingizga aylanadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
700 gramm mol go'shti | |
400 gramm kartoshka | |
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq oregano | |
1 choy qoshiq zira | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
yarim bog' petrushka yoki kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Go'shtni gugurt qutisi kattaligidek to'g'rab olamiz, kartoshkani esa 2x2 sm kattalikda to'g'raymiz, sarimsoqpiyozni maydalab ezib chiqaramiz.
Mol go'shtini tez pishadigan lahm joyidan tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Idishga go'sht, kartoshka, sarimsoqpiyozni solamiz, ziravorlarni sepib olamiz. Ustidan yog'ni ham quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Aralashmani 3-4 ta qismga bo'lib, har birini alohida folga qog'oziga solamiz, usti va chetlarini yopib chiqamiz.
200-220 C darajada qizdirilgan pechga qo'yib, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan taomni folgasini og'zini ochib, ko'katlardan sepamiz va folgasini o'zida dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
700 gramm mol go'shti | |
400 gramm kartoshka | |
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq oregano | |
1 choy qoshiq zira | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
yarim bog' petrushka yoki kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch |
1 Sharhlar Hide Comments
Judaism yahshi retsepakan rahmat katta