fbpx
Sabzavotli assorti bilan pishirilgan tovuq sonlari

Sabzavotli assorti bilan pishirilgan tovuq sonlari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Turli-tuman sabzavotlar bilan pishiriladigan tovuq soni ajoyib ta’m va ko’rinish kasb etadi. Yorqin ranglarga boy bunday taom ajoyib tushlik yoki kechki taom bo’lib, butun oila a’zolaringizga albatta manzur keladi.

Shuningdek xohishga qarab, bu taomga op’zingizning eng sevimli sabzavotlaringizdan, masalan, kartoshkadan ham solishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
4-5 ta tovuq sonlari
200 gramm yashil olma
150 gramm kartoshka
150 gramm sabzi
200 gramm qovoq
100 gramm qizil lavlagi
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
100 gramm pomidor cherry
150 gramm o'simlik yog'i
1 bog' petrushka yoki kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Barcha sabzavotlar va olmani yuvib, po'stini archamiz va katta-katta qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq sonlariga yaxshilab tuz va murch sepamiz va qizigan yog'ga solib, ikkala tomonini ham qizartirib olamiz. Qovurilgan go'shtni boshqa idishga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shu yog'ning o'zida sabzavotlarni ham yarim tayyor bo'lguniga qadar qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Toblatmalarga mo'ljallangan qolipga sabzavotlarni solamiz va ustidan tovuq sonlarini qo'yib chiqamiz. Qolip ustini folga qog'ozi bilan yopamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180-190 C darajada qizigan pechga qo'yib, 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
4-5 ta tovuq sonlari
200 gramm yashil olma
150 gramm kartoshka
150 gramm sabzi
200 gramm qovoq
100 gramm qizil lavlagi
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
100 gramm pomidor cherry
150 gramm o'simlik yog'i
1 bog' petrushka yoki kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Qovoq va go’shtli qayla bilan pishirilgan spagetti
keyingi
Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda tayyorlangan «Kapuchchino» shirinligi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.