Room 5 kafesidan retsept: Kesadilya
Masalliqlar:
-
2 ta pita noni
-
100 gramm pishloq
-
40 gramm marinadlangan bodring
-
100 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
60 gramm pomidor
-
80 gramm shampinyon
-
20 gramm qizil bulg'or qalampiri
-
40 gramm mayonez
-
10 gramm xantal
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Bugun sizlar bilan «kesadilya» deb nomlanuvchi oddiy, lekin juda mazali meksikancha gazak tayyorlaymiz. Ana shunday retseptini bugun Room 5 kafesi biz bilan bo’lishadi.
Bu yegulikni tez tayyorlaniluvchi taomlar safiga kiritishimiz mumkin, pita va pishloq bo’lsa bas, 20-30 daqiqada meksikancha tushlikgimiz tayyor bo’ladi.
Masalliqlar:
2 ta pita noni | |
100 gramm pishloq | |
40 gramm marinadlangan bodring | |
100 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
60 gramm pomidor | |
80 gramm shampinyon | |
20 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
40 gramm mayonez | |
10 gramm xantal | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Tovaga o'simlik yog'ini solib qizdiramiz.
Tovuq va qo'ziqorinni yupqa to'g'raymiz va qovurib olamiz.
Pomidor, bodring va bulg'or qalampirini aylana parrak shaklda to'g'rab olamiz.
Pitani yarmiga qo'ziqorin va tovuq, sabzavotlarni tekis terib chiqamiz va ustidan pishloqni qirg'ichdan o'tkazib sepamiz.
Pitani ikkinchi yarmi bilan ustini yopamiz va elektrogrilga yo'llaymiz.
Agarda elektrogril bo'lmasa, unda oddiy tovadan foydalaning. Ikki tomonidan ham qizartirib oling.
Tayyor kesadilyani uchga bo'lamiz.
Qayla (mayonez va xantal aralashmasi) va ko'katlar bilan tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta pita noni | |
100 gramm pishloq | |
40 gramm marinadlangan bodring | |
100 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
60 gramm pomidor | |
80 gramm shampinyon | |
20 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
40 gramm mayonez | |
10 gramm xantal | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |