fbpx
Rayhonlik yog’

Rayhonlik yog’

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oddiy sariyog’ga yashil rayhon qo’shib g’ayrioddiyga aylantirish mumkin.Uni non ustiga surtish, qaynatilgan kartoshkaga qo’shish yoki pasta uchun qayla sifatida ishlatish mumkin.  

Biz sizga bu sariyog’ni spagettiga qo’shib tayyorlashni ko’rsatamiz. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
30 gramm rayhon
200 gramm yumshatilgan sariyog'
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 osh qoshiq limon sedrasi
100 gramm spagetti
10 gramm feta pishlog'i
Qadam 1
Tugallandi

Sariyog' tayyorlaymiz

Sariyog’ni oldindan sovutgichdan chiqaramiz, xona haroratiga kelishi uchun.

Qadam 2
Tugallandi

Rayhon barglarini yuvib quritamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Blender idishiga yumshatilgan sariyog’, rayhon, pressdan chiqarilgan sarimsoqpiyoz, ziravorlar va limon sedrasini solamiz. Kashasimon holatga keltiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pasta tayyorlaymiz

Spagettini qadoqdagi ko’rsatmaga binoan tuzli suvda qaynatamiz. So’ng durshlagga olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

O’rtacha olovda chuqur tovada 2 osh qoshiq rayhonlik yog’ni eritamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qaynatilgan spagettini qo’shib, 1-2 daqiqa davomida o’rtacha olovda aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor pastani tarelkaga solib, feta pishlog’i sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
30 gramm rayhon
200 gramm yumshatilgan sariyog'
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 osh qoshiq limon sedrasi
100 gramm spagetti
10 gramm feta pishlog'i
oldingi
Batafsil fotoretsept: shaftolili pirog
keyingi
Batafsil fotoretsept: qovoqchadan shokoladli maffinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.