Rayhondan tayyorlanilgan yaxna limonad
Masalliqlar:
-
5-6 dona binafsha rangli rayhon yaproqchalari
-
1 dona limon
-
150 gramm shakar
-
2,5 litr toza ichimlik suvi
Yo’nalishlar
Yozning issiq kunlarida yaxna ichimliklardan boshqasi ko’zga ko’rinmaydi. Lekin, sotib oladigan mahsulotimiz esa nafaqat foydasiz, balki organizmga zarar ham keltirishi mumkin.
Shu sababdan ham Zira sizning salomatligingiz haqida qayg’urib, eng yaxshi retseptlarni taqdim etadi.
Tayyorlaniladigan ichimlikka taxmminan 6 000so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manab chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
5-6 dona binafsha rangli rayhon yaproqchalari | |
1 dona limon | |
150 gramm shakar | |
2,5 litr toza ichimlik suvi |
Rayhon yaproqchalarini yaxshilab yuvib olamiz. Limonni po'stini qirg'ichdan chiqaramiz, o'zii halqalarga kesib olamiz.
Suvni qaynatamiz. Ichiga shakar solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Ustidan limon po'sti, limon va rayhon yaproqchalarini solamiz, qaynash darajasiga keltiramiz va qopqog'ini yopib, olovni o'chirib qo'yamiz. 10 daqiqadan so'ng ochib, limon bo'lakchalarini olamiz.
So'ng ichimlikni g'alvirdan o'tkazamiz vs stakanlarga quyib chiqamiz. Bu ichimlikka xohishga qarab, qulupnay solsangiz ham bo'ladi.
Ichimlikni muzdekligicha, muz bo'lakchalari solib tortish mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
5-6 dona binafsha rangli rayhon yaproqchalari | |
1 dona limon | |
150 gramm shakar | |
2,5 litr toza ichimlik suvi |