Quritilgan olxo’ri va yong’oq solingan suli yormasidan pechenyelar
Masalliqlar:
-
220 gramm sariyog'
-
210 gramm un
-
300 gramm shakar
-
300 gramm suli parchalari
-
2 dona tuxum
-
1 stakan tozalangan yong'oq
-
1 stakan quritilgan olxo'ri
-
1.5 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
1 choy qoshiq vanilin
-
1 choy qoshiq qabartma
-
0.5 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Suli parchalaridan mazali pechenyelar tayyorlash juda oson! Agar ularga yong’oq va quritilgan olxo’ri solinsa, ular yanada mazaliroq ta’mda chiqadi.
Bunday pechenyelar uchun uzoqroq qaynatish talab qilinadigan suli parchalaridan tanlasak, maqsadga muvofiq bo’ladi, masalan «Gerkules» nomli suli parchalaridan.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
220 gramm sariyog' | |
210 gramm un | |
300 gramm shakar | |
300 gramm suli parchalari | |
2 dona tuxum | |
1 stakan tozalangan yong'oq | |
1 stakan quritilgan olxo'ri | |
1.5 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
1 choy qoshiq vanilin | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq tuz |
Chuqurroq idishga sariyog', shakar, tuxum va vanilinni solib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Alohida idishga esa barcha quruq masalliqlarni solamiz: un, suli parchalari, tuz, dolchin, qabartma, yong'oq va to'g'ralgan olxo'ri.
Sariyog'li aralashmaga unli massani solib, aralashtirib olamiz.
Gaz pechini 175C darajaga qizdiramiz.
Pergament qog'oz ustiga 1 osh qoshiqdan pechenye xamiridan solib chiqamiz, bunda ular orasiga 2 sm bo'sh joy qoldiramiz.
Qizigan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
220 gramm sariyog' | |
210 gramm un | |
300 gramm shakar | |
300 gramm suli parchalari | |
2 dona tuxum | |
1 stakan tozalangan yong'oq | |
1 stakan quritilgan olxo'ri | |
1.5 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
1 choy qoshiq vanilin | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq tuz |