Qulupnay-yalpizli limonad
Masalliqlar:
-
1 litr gazlangan suv
-
300 gramm qulupnay
-
4 dona yalpiz yaproqchalari
-
100 gramm shakar
-
1 ta kattaroq limon
-
birga tortish uchun muz bo'lakchalari
-
bezatish uchun bir necha dona qulupnay
Yo’nalishlar
Qulupnay va yalpizli limonad nafaqat mazasi, balki ajoyib yorqin ko’rinishi bilan kayfiyatni ko’tara oladi.
Uy sharotidia foydali xususiyatlarini saqlagan holda limonadni qanday tayyorlash mumkinligini hozirgi retseptimiz orqali bilib olasiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 litr gazlangan suv | |
300 gramm qulupnay | |
4 dona yalpiz yaproqchalari | |
100 gramm shakar | |
1 ta kattaroq limon | |
birga tortish uchun muz bo'lakchalari | |
bezatish uchun bir necha dona qulupnay |
Qulupnaylarni yuvib, dumchasidan ajratamiz va ikkiga bo'lib, blender idishiga solamiz.
Limon po'stini qirg'ichdan chiqarib, qulupnaylar ustidan solamiz. So'ng oq rangli po'stini archib tashlab, o'zini to'g'rab, qulupnaylarni ustidan solamiz.
Qulupnaylar ustidan yalpiz va shakarni solib, blenderda maydalab olamiz.
Aralashma ustidan gazli suvni quyib, aralashtiramiz va 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
So'ng ichimlikni to'rli suzgichdan o'tkazib olamiz.
Bokallarga muz bo'lakchalari, yalpiz yaproqchalari, qulupnayni solib, ustidan limonadni quyamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 litr gazlangan suv | |
300 gramm qulupnay | |
4 dona yalpiz yaproqchalari | |
100 gramm shakar | |
1 ta kattaroq limon | |
birga tortish uchun muz bo'lakchalari | |
bezatish uchun bir necha dona qulupnay |