fbpx
Qovurma sho’rva

Qovurma sho’rva

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sizga albatta yoqadigan milliy taom.

Ushbu sho’rvani «o’zbek klassikasi» deb ham atash mumkin, chunki bu taom deyarli barcha o’zbek oilalarida tayyorlanadi. Xushtam sho’rva, yaxshi qovurilgan sabzavotlar va tayyorlanishi qiyin bo’lmagan retsept sizga yoqishi aniq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm mol go'shti
150 gramm kartoshka
80 gramm qizil sabzi
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
80 gramm piyoz
120 gramm pomidor
2 osh qoshiq pomidor pastasi
120 gramm bulg'or qalampiri 2 xil rangini ishlatsa bo'ladi
1 bog' kashnich
100 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz,murch va zira
Qadam 1
Tugallandi

Qozonni qizdirib, o'simlik yog'ini quyamiz. Sabzavot va go'shtni o'rta to'rtburchak shaklida to'g'rab olamiz. Sarimsoqpiyozni maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni oltin tusga kirgunicha qovuramiz va go'sht qo'shamiz, 3-4 daqiqa davomida qovurib, pomidor pastasi va sarimsoqpiyoz qo'shamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yana 2 daqiqa qovurib, sabzi qo'shamiz, yaxshilab qovurib olib, kartoshkani qo'shamiz, kartoshkani ham yaxshilab qovuramiz, so'ng bulg'or qalampiri, pomidor va ziravorlar qo'shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Taxminan 4 litr suv quyib, hosil bo'lgan ko'piklarni olib, barcha sabzavotlar va go'sht to'liq tayyor bo'lgunga qadar pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor bo'lgan sho'rvani ko'katlar bilan bezatib dasturxonga taqdim etamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 1,5 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm mol go'shti
150 gramm kartoshka
80 gramm qizil sabzi
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
80 gramm piyoz
120 gramm pomidor
2 osh qoshiq pomidor pastasi
120 gramm bulg'or qalampiri 2 xil rangini ishlatsa bo'ladi
1 bog' kashnich
100 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz,murch va zira
oldingi
Tayoqchali merenga bezesi
keyingi
Turkcha qovoqli shirinlik

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.