fbpx
Qovurilgan bagetdan gazak

Qovurilgan bagetdan gazak

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pomidorli qayla surtilgan qovurilgan non bo’laklari – Ispaniyadagi odatiy nonushtalardan biri hisoblanar ekan. Siz ham tongni tayyorlanilishi oson bo’lgan shunday nonushtalardan boshlang.

Aytgancha, agarda uyingizga kutilmagan mehmonlar kelib qolishsa, unda shu yegulikni tayyorlang.

Taomga sarflaniladigan pulning taxminiy miqdori – 7 000 so’m.*

*narxi maqola chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm pomidor
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz
0,5 choy qoshiq oregano
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 dona baget noni
Qadam 1
Tugallandi

Nonni bo'laklarga kesib chiqamiz va tova yoki tosterda qizartirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sarimsoqpiyozni tozalab, har bir non bo'lagiga yaxshilab surtib chiqamiz.

Zaytun moyidan sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pomidorlarni yuvib, teng ikkiga bo'lamiz va qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidorlar ustidan tuz va oregano solamiz va zaytun yog'ini quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir non bo'lagi ustiga pomidorli aralashmadan solamiz va O'rta yer dengizi yeguligidan bahramand bo'lamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm pomidor
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz
0,5 choy qoshiq oregano
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 dona baget noni
oldingi
Limon va mak qo’shib pishirilgan keks
keyingi
Sassi – ozdiruvchi ichimligi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.