Qovoqcha va tovuq go’shtidan pishirilgan toblatma
Masalliqlar:
-
700 gramm qovoqcha
-
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
-
2 ta tuxum
-
1 bosh piyoz
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
60 gramm qattiq pishloq
-
2 choy qoshiq smetana
-
2 choy qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Tovuq go’shti va qovoqchalardan tayyorlaniladigan bu toblatmani qanday bo’lsa shundayligicha, hech qanday o’zgartirishlar kiritmasdan tayyorlab ko’ring. Mayin ta’mli va yengil taomga ega bo’lasiz.
Bu taom qovoqchani yoqtirmaydigan insonlarga ham juda yoqadi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 19 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
700 gramm qovoqcha | |
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
2 ta tuxum | |
1 bosh piyoz | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
60 gramm qattiq pishloq | |
2 choy qoshiq smetana | |
2 choy qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Qovoqchalarni qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib, tuz sepamiz va 10 daqiqa suvi chiqishi uchun qoldiramiz.
Piyoz va bulg'or qalampirini mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.
Alohida idishga qiyma, to'g'ralgan piyoz va bulg'or qalampirini solamiz, tuz va murch sepib aralashtiramiz.
qirg'ichdan chiqarilgan qovoqchalarni suvini siqib tashlab, o'zini qiymaning ustidan solamiz.
So'ng ikkta tuxumni solib, yaxshilab aralashtrib olamiz.
Qolipga yog' surtamiz va aralashmani solib, ustini tekislab chiqamiz. Ustiga smetanani surtib olamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida, 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng pishloqni qirg'ichdan chiqarib, taomning ustiga sepamiz va yana 15 daqiqa pishiramiz. Yoqimli ishtaha!
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
700 gramm qovoqcha | |
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
2 ta tuxum | |
1 bosh piyoz | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
60 gramm qattiq pishloq | |
2 choy qoshiq smetana | |
2 choy qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
ta'bga qarab tuz va murch |