Qovoq va suli yormasi solib tayyorlanilgan maffinlar
Masalliqlar:
-
135 gramm suli parchalari
-
1 choy qoshiq qabartmaRazrixlitel
-
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar4 choy qoshiq dolchin, 2 choy qoshiq zanjabil, 1 choy qoshiq gvazdika, yarim choy qoshiq muskat yong'og'i
-
1/4 qoshiq tuz
-
2 ta tuxum
-
225 gramm qovoqli pyure
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
150 gramm qo'ng'ir rangli shakar
-
1choy qoshiq vanil ekstrakti
-
60 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad
Yo’nalishlar
Qovoq mavsumi hademay avjiga chiqadi. Bu quyoshsevar mahsulotdan nafaqat mazali taomlar-u somsalar, balki juda xushta’m pishiriqlar tayyorlash ham mumkin.
Bugun sizlarga qovoqli pyure solib tayyorlaniladigan ajoyib maffinlar retseptini taqdim etamiz.
1 dona maffinning taxminiy ozuqaviy qiymati quyidagicha: 82 kKal, yog’lar 3 gr., uglevodlar 13 gr., oqsillar 1 gr.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
135 gramm suli parchalari | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar | |
1/4 qoshiq tuz | |
2 ta tuxum | |
225 gramm qovoqli pyure | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
150 gramm qo'ng'ir rangli shakar | |
1choy qoshiq vanil ekstrakti | |
60 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad |
Gaz pechini 170 C darajaga qizdiramiz.
Maffinlarga mo'ljallangan qoliplarga qog'ozli kapsula ya'ni qolipchalarni joylashtirib chiqamiz.
Suli parchalarini blender idishiga solib, kukunsimon ko'rinishga kirguniga qadar maydalab olamiz. Ustidan tuz, shakar, qabartma va ziravorlarni* silib, yana ozroq maydalaymiz.
*Qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar.
Amerikada qovoq kuzning juda ham mashhur mahsuloti ekan. Undan juda ham xushbo'y piroglar pishirilib, hatto maxsus ziravorlar ham mavjud ekan. Bu ziravor pumpkin pie spice deb atalar ekan. Bunday ziravorlarni uyda tayyorlash juda oson. Buning uchun 4 choy qoshiq dolchin, 2 choy qoshiq zanjabil, 1 choy qoshiq chinnigul ya'ni gvazdika, 1/2 choy qoshiq muskat yong'og'i kerak bo'lar ekan. Bunday ziravorlarni oldindan tayyorlab, saqlab qo'yish ham mumkin.
Quruq massaga tuxum, sariyog', shakar, vanil ekstrakti va qoviqli pyureni solib, yaxshilab ezamiz.
Ustidan shokoladli tomchilar yoki maydalangan shokoladni solib, lopatkachada aralashtirib olamiz.
Qolipchalarga 2/3 hisobda solib chiqamiz.
Qizdirilgan gaz pechuga qo'yib, 15-17 daqiqa davomida pishirib olamiz. Qolipning o'zida avval 10 daqiqa sovutib, keyin iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
135 gramm suli parchalari | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar | |
1/4 qoshiq tuz | |
2 ta tuxum | |
225 gramm qovoqli pyure | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
150 gramm qo'ng'ir rangli shakar | |
1choy qoshiq vanil ekstrakti | |
60 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad |