fbpx
Qovoq va go’shtli qayla bilan pishirilgan spagetti

Qovoq va go’shtli qayla bilan pishirilgan spagetti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar sizni har kunlik odatiy taomlar qoniqtirmay qo’ygan bo’lsa, unda mana bunday yangicha ta’mli taomdan pishirib ko’ring. Bunday taom juda yumshoq va mazali bo’lib pishadi.

Aytgancha, bunday qaylani pishirib, makaronlarni esa xohishingizga qarab har qanday turidan solishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

1 bosh piyoz
300 gramm qovoq
500 gramm qiyma
bir chimdim italyancha xushbo'y ziravorlar
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
400 gramm pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
Qadam 1
Tugallandi

Piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz va o'simlik yog'ida qovuramiz. Qovoqni ham xuddi shunday shaklda to'g'rab, piyoz ustidan solamiz va birgalikda 5 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qiymani ham solamiz va qiyma oqarguniga qadar qovuramiz. So'ng tuz, murch, italyancha xushbo'y ziravorlarni sepamiz. Sarimsoqpiyozni ham to'g'rab solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pomidorlarni po'stini archib, qirg'ichdan chiqaramiz va tomat pastasi bilan birga tovadagi masalliqlar ustidan solamiz. Aralashtirib, 20 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qayla pishguniga qadar esa spagettilarni tuzli suvda qaynatib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pishgan qayla va spagettini aralashtiirb, likopchalarga solib chiqamiz. Xohishga qarab, ustidan pishloqni qirg'ichdan chiqarib sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 bosh piyoz
300 gramm qovoq
500 gramm qiyma
bir chimdim italyancha xushbo'y ziravorlar
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
400 gramm pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
oldingi
Videoretsept: Limonli krem bilan bezatilgan sabzili pirog
keyingi
Sabzavotli assorti bilan pishirilgan tovuq sonlari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.