Qo’y to’shlaridan ajoyib ta’mli taom
Masalliqlar:
-
800 gramm qo'y to'shi
-
500 millilitr anor sharbati
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 dona limon
-
20 gramm shakar
-
10 gramm makkajo'xori kraxmali
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Bugun sizlarni juda mazali va sersuv bo’lib pishadigan qo’y to’shtlaridan taom retsepti bilan tanisttirmoqchimiz.
Oila a’zolaringiz yig’iladigan paytda bu taomdan tayyorlang va oddiy kuningiz xuddi bayramdek o’tishiga sababchi bo’ling.
Qo’y go’shtining darrov pishishi esa eng muhim jihatlardan biridir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 43 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
800 gramm qo'y to'shi | |
500 millilitr anor sharbati | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 dona limon | |
20 gramm shakar | |
10 gramm makkajo'xori kraxmali | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Go'shtni yuvib olamiz, tuz va murch sepib chiqamiz.
Go'sht ustidan anor sharbatini quyib, 1 soatga marinadlab qo'yamiz.
Marinadlangan go'sht sharbatini alohida idishga quyamiz, u qayla tayyorlashda kerak bo'ladi.
Tovaga yog' quyamiz, go'shtlarni qog'oz sochiqqa artib, tovaga solamiz va ikki tomonidan qizartirib qovurib olamiz.
So'ng issiqqa idishga solamiz va 180° darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa pishirib olamiz.
Chetga olib qo'ygan anor sharbatiga kraxmal va shakardan solamiz. Gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz. Qaynash boshlangandan so'ng esa 2 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan qo'y go'shti to'shlarini anorli qayla bilan birga dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
800 gramm qo'y to'shi | |
500 millilitr anor sharbati | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 dona limon | |
20 gramm shakar | |
10 gramm makkajo'xori kraxmali | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |
1 Sharhlar Hide Comments
Boladi zor