Qaynatib pishirilgan krem(zavarnoy)
Masalliqlar:
-
500 millilitr sut
-
2 ta tuxum
-
100 gramm shakar
-
30 gramm makkajo'xori kraxmali
-
50 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Qaynatma krem bu eng ko’p ishlatiladigan va sevimli kremlardan biri bo’lib, uni har xil tort, pishiriqlarga ishlatiladi va hatto o’zini ham desert sifatida iste’mol qilinadi.
Quyidagi barcha asosiy qoidalarga amal qilsangiz, siz tayyorlaydigan qaynatma krem a’lo darajada chiqishiga shubha yo’q.
Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 18 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 millilitr sut | |
2 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
30 gramm makkajo'xori kraxmali | |
50 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil shakari |
Sutga vanil shakarini solib aralashtiramiz. Gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz va gazdan olamiz.
Alohida idishga esa tuxum, shakar va kraxmalni solib, venchikda aralashtirib olamiz.
Ustidan sutni turli suzgichdan o'tkazib quyamiz.
Kremni qayta qozonchaga olamiz va gazga qo'yamiz.
Muntazam aralashtirib turib, biroz quyuqlashib, katta-katta ko'pikchalar hosil bo'lgunga qadar qaynatamiz.
Qaynash boshlangandan so'ng bir necha daqiqa davomida qaynatamiz.
Eng oxirida esa xona haroratida yumshagan sariyog'ni (hech qachon sariyog'ni eritib solmang) solamiz va aralashtirib, gazdan olamiz.
Kremni boshqa idishga solamiz.
Masalliqlar:
500 millilitr sut | |
2 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
30 gramm makkajo'xori kraxmali | |
50 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil shakari |
2 Sharhlar Hide Comments
Kraxmal o‘rniga bug‘doy unidan ishlatsak bo‘lmaydimi? Chunki kraxmalning inson organizmiga zarari haqida ko‘p eshitganim u.n uni oshxonada jshlatgim kelmaydi.
Assalomu aleykum! Ha albatta, kraxmal o’rniga undan ham solishingiz mumkin 🙂