Qaymoqli qaylada tuzlangan bodring bilan pishirilgan tovuq go’shtidan kotletlar
Masalliqlar:
-
1 kilogramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
-
2-3 dona tuzlangan bodring
-
1 bog' petrushka
-
1 ta tuxum
-
2 osh qoshiq un
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
qayla uchun
-
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
30 gramm zaytun mevasi
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
Yo’nalishlar
Tayyorlanish jihati bo’yicha oddiy kotletlardan murakkab bo’lmagan noodatiy kotletlarning retseptini taqdim etamiz. Tuzlangan bodring ushbu kotletlarga o’zgacha maza beradi, qaymoqli qayla esa ularni yanada xushbo’y va nozik qiladi.
Ushbu kotletlarga oila a’zolaringiz yaxshi baho berishlari aniq. Ayniqsa erkaklar!
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 kilogramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
2-3 dona tuzlangan bodring | |
1 bog' petrushka | |
1 ta tuxum | |
2 osh qoshiq un | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
qayla uchun |
|
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
30 gramm zaytun mevasi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i |
Tuzlangan bodring va petrushkani blender yoki pichoqda maydalab olamiz.
Tovuq go'shtidan qilingan qiymaga tuzlangan bodring, tuz, murch, tuxum va un solamiz.
Yaxshilab aralashtirib, 15 daqiqaga muzlatgichga qo'yamiz.
Sovugan qiymadan vazni 100 gramm chiqadigan kotletlar yasaymiz.
Kotletlarni ikki taraflama qizargunicha qovurib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 7-10 daqiqa pishiramiz.
Qayla tayyorlaymiz:
Qayla tayyorlash uchun idishda qaymoqni isitib, ichiga to'g'ralgan zaytun mevalarini solamiz. Tuz, murch, muskat yong'og'i qo'shib, o'rtacha olovda 5-7 daqiqa qaynatamiz.
Masalliqlar:
1 kilogramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
2-3 dona tuzlangan bodring | |
1 bog' petrushka | |
1 ta tuxum | |
2 osh qoshiq un | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
qayla uchun |
|
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
30 gramm zaytun mevasi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i |