Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq va brokkolili taom
Masalliqlar:
-
400 gramm tovuq filesi
-
300 gramm brokkoli karami
-
100 gramm piyoz
-
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Tovuq go’shti va brokkolidan tayyorlaniladigan bu taom ajoyib ta’m kasb etadi. Bir xil ta’mli taomlar tayyorlashdan zerikkan bo’lsangiz, unda bunday taom tayyorlashning ayni fursati.
Taomni tortishdan oldin pishloqdan sepishni unutmang, bu uning yanada mazaliroq chiqishini ta’minlaydi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm tovuq filesi | |
300 gramm brokkoli karami | |
100 gramm piyoz | |
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tovuq go'shtini o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz. Ustidan tuz va murch sepamiz. Aralashtirib, 5-10 daqiqaga qoldiramiz.
Tovaga o'simlik yog'ini quyamiz, go'shtni solib, oqarguniga qadar, taxminan 5 daqiqa davomida qovurib olamiz.
Piyozni yarim parrak qilib to'g'raymiz. Tovuq ustidan solib, birgalikda 2 daqiqa qovuramiz.
Brokkolini bo'laklarga bo'lamiz. Tovaga solib, biroz qovuramiz. So'ng qaymoqni quyamiz. Aralashtirib olamiz.
Olovni pasaytirib, biroz qaynatib pishiramiz. Xohishga qarab pishishiga ikki-uch daqiqa qolganda 2 choy qoshiq un solamiz. Aralashtirib olamiz.
Likopchaga solib, ustidan pishloq sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm tovuq filesi | |
300 gramm brokkoli karami | |
100 gramm piyoz | |
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch |