fbpx
Qaymoqli qaylada pishirilgan frikadelkalar

Qaymoqli qaylada pishirilgan frikadelkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sizning e’tiboringizga garnirini o’z ta’bingizga ko’ra tanlashingiz mumkin bo’lgan universal taom retseptni taqdim etamiz.

Tez va oson tayyorlanadigan «Qaymoqli qaylada pishirilgan frikadelkalar» katta-yukichikka birdek yoqishi aniq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm mol go'shtidan yog'siz qiyma
250 gramm qaymoq
200 gramm pishloq
bir nechta petrushka shoxchalari
ta'bga ko'ra tuz va murch
bir chimdim quritilgan rozmarin
bir chimdim oregano
1 ta tuxum
1 osh qoshiq maydalangan suxari
Qadam 1
Tugallandi

Mol go'shtidan qiymaga tuxum, maydalangan suxari, maydalangan petrushka solib, ziravorlar sepamiz. Qiymani yaxshilab aralashtirib, savalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qiymadan yong'oqdan sal kattaroq hajmdagi frikadelkalar yasaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Toblatma uchun mo'ljallangan qolipga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan qaymoq quyib, qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 3
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm mol go'shtidan yog'siz qiyma
250 gramm qaymoq
200 gramm pishloq
bir nechta petrushka shoxchalari
ta'bga ko'ra tuz va murch
bir chimdim quritilgan rozmarin
bir chimdim oregano
1 ta tuxum
1 osh qoshiq maydalangan suxari
oldingi
Samarqandcha sovuq sho’rva «Chalop»
keyingi
«Bir yosh uchun» kichkintoyga tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.