fbpx
Qaymoqli bulyonda pishirilgan chuchvara

Qaymoqli bulyonda pishirilgan chuchvara

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Uyda tayyorlanilgan chuchvaralardan mazaliroq taom bo’lishi mumkinmi? Qaymoqli qaylada tayyorlanilgan chuchvara umuman o’zgacha ta’mda bo’lib, sizni undan qayta va qayta tayyorlashga undayveradi.

Agarda siz hali bu taomni bunday usulda pishirib ko’rmagan bo’lsangiz, unda albatta retseptimiz bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

300 gramm un
130 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
200 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
200-250 gramm 15-20 % li qaymoq
1 kilo mol suyagi ragu
1 bog' kashnich
4 litr suv
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Bulyonini tayyorlaymiz:

Qozonga mol suyagini solamiz, ustidan suv quyib, gazga qo'yamiz. Ustidagi ko'piklarini olib tashlaymiz. Bitta piyozni solib, past olovda 2-2.5 soat davomida qaynatib pishiramiz.

Ta'bga qarab tuz sepamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Chuchvaralarini tayyorlaymiz:

Bulyon qaynaguniga qadar xamir qorib olamiz. Tog'orachaga un, suv va tuzni solib, xamir qorib olamiz.

Xamir ustini yopib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni taxminan 1 millimitr yupqalikda yoyib olamiz va 3.5-4 sm kattalikdagi to'rtburchaklar kesib chiqamiz.

Ularni patnis ustiga terib, ustini sochiq bilan yopamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qiymasi uchun esa qiymani maydalangan piyoz bilan aralashtirib olamiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Chuchvaralar tugib chiqamiz. Buning uchun xamir bo'lagining o'rtasiga ozroq qiymadan solamiz. Teng ikkiga buklab, ustki qismini oldinga yoki orqaga yana buklab olamiz. So'ng esa ikkita chetki uchini bir-biriga yopishtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishgan bulyondan suyak va piyozni olib tashlaymiz. Qaynash darajasiga keltirib, chuchvaralarni solamiz. 3-4 daqiqa qaynaganidan so'ng esa qaymoqni ham solamiz. Yana bir-ikki daqiqa davomida qaynatamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Chuchvaralarni chuqurroq likopchalarga solib, ustidan to'g'ralgan kashnich sepamiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm un
130 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
200 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
200-250 gramm 15-20 % li qaymoq
1 kilo mol suyagi ragu
1 bog' kashnich
4 litr suv
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Shokoladli pechenyelar
keyingi
Videoretsept: Sabzavotlar bilan folgada pishirilgan baliq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.