fbpx
Pomidor va yashil loviyadan salat

Pomidor va yashil loviyadan salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu salat betakror ta’m va iforga ega. Uni albatta kechki ovqatning boshida tortish kerak. Uni tayyorlash oson va kerakli masalliqlar esa hamyonbopdir.

Hozir, qish bo’yi bu mazali salatdan bahramand bo’lish uchun, yashil loviyani muzlatib qo’yishga oxirgi imkoniyatingiz mavjud. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Loviyani muzlatish uchun ikki tomonidan uchlarini kesib tashlang, yuvib, quritib, paketlarga joylang. 500 gramm qilib, paketchalarga taqsimlaganingiz ma’qul. Qishda paketdan mahsulotni olib 15 daqiqaga qaynayotgan suvga solsangiz bas.

Masalliqlar:

500 gramm yashil loviya
500 gramm pomidor
3 tishcha sarimsoqpiyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 bosh piyoz
1 bog' shivit
5 ta rayhon yaqroqchalari
ta'bga qarab sirka
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab ziravorlar
Qadam 1
Tugallandi

Loviya tozalanib olinadi (ikkita uchi olib tashlanadi) va 15 daqiqa davomida qaynayotgan tuzli suvda qaynatib olinadi. Chovliga solib, suvidan xalos qilinadi.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidorlar ustidan qaynagan suv solib, po'stidan tozalaniladi va katta bo'laklarga bo'linadi.

Qadam 3
Tugallandi

Piyoz va sarimsoqpiyoz tozalanib, shivit va rayhon bilan mayda to'g'rab olinadi.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidor, loviya va ko'katlar aralashtiriladi. Ustidan sirka, o'simlik yog'i quyilib, ta'bga qarab tuz, shakar va murch sepiladi. Yaxshilab aralashtirilib, likopchalarga tortiladi.

Muallif: Sitora

  • 00:30 daqiqa
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm yashil loviya
500 gramm pomidor
3 tishcha sarimsoqpiyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 bosh piyoz
1 bog' shivit
5 ta rayhon yaqroqchalari
ta'bga qarab sirka
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab ziravorlar
oldingi
Loviya, pomidor va ko’katlardan salat
keyingi
Tabule salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.