Pomidor va brinzali galetalar
Masalliqlar:
-
xamir uchun
-
210-220 gramm un
-
110 gramm sariyog'
-
1 ta tuxum sarig'i
-
80 millilitr sovuq sut
-
bir chimdim tuz
-
asosi uchun
-
400 gramm pomidor
-
100 gramm brinza
-
0,5 choy qoshiq oregano
-
0,5 choy qoshiq quritilgan rayxon
-
2 choy qoshiq pomidorli ketchup
-
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Pomidor va brinzali galetalar – nonushta yoki tushlik o’rnini bosa oladigan oddiy, yozgi, juda ishtahaochar taomdir.
Agar sizga ushbu pishiriq g’oyasi yoqqan bo’lsa, unda asosiga istalgancha fantaziya ishlatib, o’zingiz hohlagan mahsulotlaringizni solishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamir uchun |
|
210-220 gramm un | |
110 gramm sariyog' | |
1 ta tuxum sarig'i | |
80 millilitr sovuq sut | |
bir chimdim tuz | |
asosi uchun |
|
400 gramm pomidor | |
100 gramm brinza | |
0,5 choy qoshiq oregano | |
0,5 choy qoshiq quritilgan rayxon | |
2 choy qoshiq pomidorli ketchup | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i |
Xamir tayyorlaymiz:
Idishga unni elab, sovuq sariyog'ni qirg'ichdan chiqaramiz. Bir chimdim tuz solib, qo'lda uvoq shakliga kelgunicha ishqalaymiz.
Tuxum sarig'ini sut bilan aralashtiramiz. Unli massada chuqurcha hosil qilib, u yerga suyuqlikni quyamiz. Xamir qorib, uni dumaloq shakliga keltiramiz. So'ngra xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, muzlatgichga 30 daqiqaga yuboramiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Pomidorni ingichka dumaloq shaklida kesamiz. Brinzani qo'lda maydalab, uvoq shakliga keltiramiz.
Xamirni 2 ga bo'lamiz. Har bir bo'lakni qalinligi 4-5mm keladigan dumaloq shaklida yoyamiz va gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Xamirga qayla yoki ketchup suritamiz.
Pomidorni doira bo'ylab, ustma-ust terib chiqamiz. Oregano va quritilgan rayxon sepamiz. Agar brinza yetarlicha sho'r bo'lsa, unda tuz sepishning hojati yo'q.
Brinza uvog'ini pomidor ustidan sepib chiqamiz.
Masalliqlar:
xamir uchun |
|
210-220 gramm un | |
110 gramm sariyog' | |
1 ta tuxum sarig'i | |
80 millilitr sovuq sut | |
bir chimdim tuz | |
asosi uchun |
|
400 gramm pomidor | |
100 gramm brinza | |
0,5 choy qoshiq oregano | |
0,5 choy qoshiq quritilgan rayxon | |
2 choy qoshiq pomidorli ketchup | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i |