fbpx
Pishloq va kolbasali grenkalar

Pishloq va kolbasali grenkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sizga oddiy va mazali nonushta retseptini taqdim qilmoqchimiz. Buning uchun barchaga tanish bo’lgan grenkalarning ichiga pishloq va kolbasa qo’yishingizni maslahat beramiz.

Siz bunday grenkalarni bemalol erta tongdan nonushta uchun tayyorlashingiz mumkin, chunki ularni tayyorlash ko’p vaqt talab qilmaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta baget noni
60 gramm pishloq
100 gramm kolbasa
4 ta tuxum
250 millilitr sut
20 gramm yumshatilgan sariyog'
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Baget nonini 5 santimetr qalinlikda kesamiz. Bo'laklarni o'rtasidan oxirigacha kesmasdan, "kitob " shakliga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Non bo'laklarini sariyog' bilan yog'lab, ichiga yupqa qilib kesilgan pishloq va kolbasani qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum, sut va tuzni chuqur idishda yaxshilab aralashtiramiz. Grenkalarimkizni ushbu suyuq massaga tahminan 2-3 daqiqaga bo'ktirib qo'yamiz. Non o'ziga suyuqlikni shimdirib olishi uchun, grenkalarni o'girib turamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'ini quyib, baland olovda qizdiramiz va grenkalarimizni ikki taraflama qizargunicha qovurib olamiz. So'ngra olovni pasaytirib, tova qopqog'ini yopib, grenkalarning ichi pishib, pishloq erigunicha tahminan 3 daqiqa qovuramiz. Grenkalarni issiqligida dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!

  • 25 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta baget noni
60 gramm pishloq
100 gramm kolbasa
4 ta tuxum
250 millilitr sut
20 gramm yumshatilgan sariyog'
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: kabob-somsa
keyingi
Kartoshkali kichik xonimchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.