fbpx
Pishloq va ko’katli pishiriqlar

Pishloq va ko’katli pishiriqlar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Bekorga vaqtingizni sarflamay, mana bunday ajoyib yeguliklardan tayyorlang. Chunki buning uchun kerakli masalliqlarning barchasi har kimning sovutgichidan topiladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm kefir
1/2 choy qoshiq shakar
1/2 choy qoshiq tuz
300 gramm un
30 gramm pishloq
45 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
1 bog' shivit
1 bog' petrushka yoki yalpiz
30 gramm pishloq
Qadam 1
Tugallandi

Xamiri:

Bitta tog'orachaga kefir, shakar, tuz va iste'mol sodasini solamiz. Sanchiqda aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan unni elab, pishloqni esa qirg'ichning mayda tishidan chiqarib solamiz. O'simlik yog'ini quyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yumshoqina, ammo qo'lga yopishmaydigan xamir qorib olamiz.

Xamirni ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 20 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ko'katlarni yaxshilab yuvib, mayda qilib to'g'rab olamiz. Qattiq poyachalarini ishlatmaymiz.

Pishloqni qirg'ichning katta tishidan chiqarib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni sovutgichdan lib, 6 ta teng bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir xamir bo'lakchalarini aylana shaklda yupqa qilib yoyamiz.
(Xamir yoyishda yopishib qolmaydi, shuning uchun un sepish shart emas).

O'rtasiga ko'katlar va pishloqdan solib, ikki buklab, chetlarini yopishtirib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovaga yog' solib, ularni o'rta olovda 2-3 daqiqadan qovurib olamiz.

Tayyor pishiriqlarga sariyog'dan surtamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm kefir
1/2 choy qoshiq shakar
1/2 choy qoshiq tuz
300 gramm un
30 gramm pishloq
45 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
1 bog' shivit
1 bog' petrushka yoki yalpiz
30 gramm pishloq
oldingi
O’zgacha uslubdagi napoleon torti
keyingi
Videoretsept: «Ptiche Moloko» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.