fbpx
Pentuza salati

Pentuza salati

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.

Bu salat juda to’yimli bo’lib, bemalol kechki ovqatning o’rnini bosa oladi. Kelinglar, endi ishga o’tamiz!

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm kraxmalli lapsha
200 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 ta qizil sabzi
1 ta qizil bulg'or qalampiri
2 ta bodring
1 osh qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq shakar
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0.5 choy qoshiq achchiq qalampir
0.5 choy qoshiq qora murch
0.5 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1 osh qoshiq 70% sirka
1 bog' kashnich
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
2-3 tishcha sarimsoqpiyoz
Qadam 1
Tugallandi

Go'sht va qizil bulg'or qalampirini somoncha shaklda, piyozni esa to'rtga bo'lib yupqa to'g'raymiz.

Agar koreyscha sabzi uchun mo'ljallangan qirg'ich bo'lsa bodring va sabzini shu qirg'ichdan o'tkazamiz, agarda yo'q bo'lsa unda yupqa somoncha shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Lapshani qaynayotgan suvda 3-5 daqiqa davomida qaynatib olamiz. 100 gram lapshaga 1 litr suv miqdorida.

So'ng ustidan sovuq suv solib, chovliga solib ortiqcha suvidan xalos etamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovaga yog' solib piyozni qizartirib olamiz va ustidan go'shtni solib qovurishda davom etamiz.

Go'sht pishguniga qadar qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovadan go'sht va piyozni alohida idishga olamiz va olovni balandlatamiz.

Shu yog'ga sabzi, bulg'or qalampiri va bodringni 3-4 daqiqa davomida qizdirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Katta idish olib unga lapsha, qovurillgan go'sht va sabzavotlarni solib ustidan barcha ziravorlarni sepamiz. Sirkani olib bir qoshiq suv bilan aralashtiramiz va idishga solamiz. Kashnichni katta-katta to'g'rab salatga solamiz va hammasini qo'lda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Salatni yopiq idishda 1-2 kecha-kunduzgacha sovutgichda saqlashimiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm kraxmalli lapsha
200 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
1 ta qizil sabzi
1 ta qizil bulg'or qalampiri
2 ta bodring
1 osh qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq shakar
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0.5 choy qoshiq achchiq qalampir
0.5 choy qoshiq qora murch
0.5 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1 osh qoshiq 70% sirka
1 bog' kashnich
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
2-3 tishcha sarimsoqpiyoz
oldingi
Videoretsept: Shokoladli maffinlar
keyingi
Karri ziravoridan pishirilgan tovuqli taom

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.