fbpx
Parhezbop «Olivye» salati

Parhezbop «Olivye» salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

«Olivye» salatini sevib iste’mol qilasiz, ammo semirib ketmaslik uchun o’zingizni tiyasizmi? Bizlar bugun qomatingizga zarar yetkazmaydigan salatning bir turini sizlarga taqdim etamiz.

Bunday salatdan voz kechish kerak emas! Faqatgina ozroq o’zgartirish kiritishning o’zi kifoya.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

100 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
100 gramm qaynatilgan kartoshka
100 gramm qaynatilgan sabzi
3 dona qaynatilgan tuxum
1 dona bodring
3 osh qoshiq konservalangan yashil no'xot
ta'bga qarab shivit yoki petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
3 osh qoshiq 15-20 % li smetana
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtini tuzli suvda qaynatib olamiz, ichiga lavr yaprog'i va qora murch donachalaridan solamiz.

Pishgandan so'ng sovutib, to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kartoshka va sabzini ham qaynatib, ularni ham xuddi shunday shaklda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qaynatilgan tuxumni esa oqini sarig'idan ajratamiz. Bitta tuxum sarig'ini olib qo'yamiz, qolganlarini esa to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bodringni ham xuddi shinday shaklda to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sematanaga bitta tuxum sarig'ini sanchiqada maydalab solamiz, tuz va murch sepib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Salatni qavat-qavat qilib likopchaga teramiz. Ustidan yashil no'xatni solamiz. Smetanani esa salat bilan birga alohida idishchaga solib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
100 gramm qaynatilgan kartoshka
100 gramm qaynatilgan sabzi
3 dona qaynatilgan tuxum
1 dona bodring
3 osh qoshiq konservalangan yashil no'xot
ta'bga qarab shivit yoki petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
3 osh qoshiq 15-20 % li smetana
oldingi
Gaz pechida pishirilgan rangdor gulmohi balig’i
keyingi
Zanjabilli yoriq pryaniklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.