Parhezbop mevali pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
150 gramm 5 % li tvorog
-
50 gramm suli parchalari
-
50 gramm guruch uni
-
1 dona tuxum
-
50 gramm 20% yog'li smetana
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq steviya
-
Asosiga:
-
200 gramm shaftoli
-
200 gramm olxo'ri
Yo’nalishlar
Mevali pishiriqlar azal-azaldan ko’pchilikning eng sevimli yeguliklaridan hisolanadi. Ammo siz parhezda bo’lsangiz-u, xamirli piroglarni iste’mol qilishga cho’chiysizmi?
Unday bo’lsa hammaga birdek tavsiya qilsa bo’ladigan, parhezbop pirog retsepti bilan tanishib oling!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
150 gramm 5 % li tvorog | |
50 gramm suli parchalari | |
50 gramm guruch uni | |
1 dona tuxum | |
50 gramm 20% yog'li smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq steviya | |
Asosiga: |
|
200 gramm shaftoli | |
200 gramm olxo'ri |
Blender yoki qahva maydalagich yordamida suli parchalarini maydalab, kukunsimon ko'rinishga keltirib olamiz.
Tog'orachaga tvorog, smetana va tuxumni solib, aralashtiirb olamiz.
Ustidan guruch va suli yormasi unini, qabartma va steviyani solamiz. Xamir qorib olamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga xamirni solib, yoyib olamiz.
Shaftoli va olxo'rilarni yarim oy shaklida to'g'rab olamiz va xamir ustidan terib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pirogni biroz sovutib olamiz va undan keyin esa bemalol, semirishdan xavfsiramay, tanovvul qilamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
150 gramm 5 % li tvorog | |
50 gramm suli parchalari | |
50 gramm guruch uni | |
1 dona tuxum | |
50 gramm 20% yog'li smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq steviya | |
Asosiga: |
|
200 gramm shaftoli | |
200 gramm olxo'ri |