Olmali oddiy keks
Masalliqlar:
-
200 gramm margarin yoki sariyog'
-
4 tuxum tuxum
-
180 gramm shakar
-
270 gramm un
-
3-4 ta shirin-nordon olma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Bu usulda tayyorlanilgan olmali keks juda yumshoq va mayin ta’mda chiqadi. Ayniqsa undan taralgan ifor esa butun uyingizni chulg’ab oladi.
Ta’bga qarab dolchin solsangiz, yanada ajoyib ta’mga kiradi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm margarin yoki sariyog' | |
4 tuxum tuxum | |
180 gramm shakar | |
270 gramm un | |
3-4 ta shirin-nordon olma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
bir chimdim tuz |
Yumshagan sariyog'ni tuxumlar bilan birga oqarguniga qadar ko'pirtirib olamiz.
Shakar va vanil shakarini solib, aralashtirib olamiz.
Un, qabartma, tuz va dolchinni elab, ustidan solamiz va aralashtirib olamiz.
Xamirni olib, qolipga quyamiz (bizlar aylanasi 24-26 sm li qolipdan foydalandik).
Olmalarni to'rtga bo'lib, keks ustidan qo'yib chiqamiz va ozroq shakar sepamiz.
180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan keksni biroz sovutib, so'ng kesamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm margarin yoki sariyog' | |
4 tuxum tuxum | |
180 gramm shakar | |
270 gramm un | |
3-4 ta shirin-nordon olma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
bir chimdim tuz |