Olmali bulochkalar
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
250 millilitr iliq sut
-
15 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
-
80 gramm shakar
-
500 gramm un
-
1 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
20 millilitr o'simlik yog'i
-
40 gramm sariyog'
-
Nachinka uchun
-
3 ta o'rtacha yashil olma
-
30 gramm shakar
-
1 choy qoshiq Dr.Oetker maydalangan dolchini
-
Bezak uchun
-
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
-
30 gramm bodom yaproqlari
Yo’nalishlar
Xushbo’y olmali uyda tayyorlanilgan, xamirturushli xamirdan lazzatli bulochkalar. Xamir juda yumshoq va havoli bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
250 millilitr iliq sut | |
15 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush | |
80 gramm shakar | |
500 gramm un | |
1 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
40 gramm sariyog' | |
Nachinka uchun |
|
3 ta o'rtacha yashil olma | |
30 gramm shakar | |
1 choy qoshiq Dr.Oetker maydalangan dolchini | |
Bezak uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
30 gramm bodom yaproqlari |
Iliq sut, xamirturush, shakar, tuz, tuxum, o’simlik yog’i va eritilgan sariyog’ni aralashtiramiz.
Suyuq massaga elangan unning ko’proq qismini qo’shib aralashtiramiz. Birozdan un qo’shib, qo’l bilan xamir qoramiz. Unni barchasini birda qo’shmaymiz, chunki xamir qattiq bo’lmasligi uchun ozroq solish ham mumkin.
Xamir yumshoq va qo’lga yopishmaydigan bo’lishi kerak. Xamirni sochiq ostida 1 soatga ko’tarilishi uchun qoldiramiz.
Olmani po’stlog’idan tozalab, mayda kubik shaklida to’g’raymiz.
Idishda olma, shakar va dolchinni aralashtiramiz.
Ko’tarilgan xamirni 10 ta qismga bo’lib, dumaloqchalar yasaymiz.
Har qismni oval shaklida yoyib, bir chetiga nachinka solamiz. Xamirning qolgan qismi bilan berkitib, chetlarini chimchilaymiz.
Yarimoy shaklidagi bulochkalarni chokini pastga qilib, pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz.
Tuxum sarig’i surtib, bodom yaproqlari bilan bezatamiz.
Bodom yaproqlari o’rniga boshqa maydalangan yong’oqlarni ishlatish mumkin.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
250 millilitr iliq sut | |
15 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush | |
80 gramm shakar | |
500 gramm un | |
1 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
40 gramm sariyog' | |
Nachinka uchun |
|
3 ta o'rtacha yashil olma | |
30 gramm shakar | |
1 choy qoshiq Dr.Oetker maydalangan dolchini | |
Bezak uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
30 gramm bodom yaproqlari |