fbpx
Olma va dolchinli uqalangan pirog

Olma va dolchinli uqalangan pirog

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Olmali nachinkali mayin va uqalanib ketadigan pirog. Tayyorlanishi tez va oson, mazzasi esa hech kimni befarq qoldirmaydi. Nordon yoki shirin-nordon olmalar ishlatishni tavsiya etamiz. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm un
170 gramm shakar
170 gramm sariyog'
1 ta tuxum
1 choy qoshiq dr.Oetkerdan qabartma
1 choy qoshiq vanilin-intensiv Dr.Oetker
Nachinka uchun
3-4 o'rtacha nordon-shirin olma
1 ta limon sharbati
80 gramm shakar
1 choy qoshiq Dr.Oetker maydalangan dolchini
Qadam 1
Tugallandi

Olmani po’stlog’idan tozalab, mayda kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga limon sharbati va shakarni solib, olmani qo’shamiz va olma yumshaguncha pishiramiz. Suyuqlik qolmasligi kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Dolchin qo’shib yana 1 daqiqa pishiramiz. Sovutgani qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Elangan unga, katta qirg’ichdan o’tkazilgan yoki kubik shaklida kesilgan, sovuq sariyog’ni qo’shamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Shakar, vanil shakari, qabartma va tuxumni qo’shamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qo’l bilan uqalaymiz. Un alohida qolmasligi kerak, lekin uzoq uqalash ham kerak emas.

Qadam 7
Tugallandi

21 sm diametrlik qolipga uqalangan xamirning yarimini sepib, qo’l bilan bosib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamir ustiga olmali nachinkani solib tekkislaymiz. Qoshiq yordamida qolgan xamirni nachinka ustiga sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

180C gacha qizdirilgan pechga 40-50 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor pirogni qolipda sovutib, keyin dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida.

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm un
170 gramm shakar
170 gramm sariyog'
1 ta tuxum
1 choy qoshiq dr.Oetkerdan qabartma
1 choy qoshiq vanilin-intensiv Dr.Oetker
Nachinka uchun
3-4 o'rtacha nordon-shirin olma
1 ta limon sharbati
80 gramm shakar
1 choy qoshiq Dr.Oetker maydalangan dolchini
oldingi
Yong’oqli nachinkali baqlajondan ruletchalar
keyingi
Kokos qirindisi qo’shilgan tvorogli toblatma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.