fbpx
Olchali sochma pirog

Olchali sochma pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Uvalangan xamir asosidan tayyorlangan olchali pirog ko’p yillardan beri ko’pchilikning yurakidan joy egallagan pishiriqlardan biridir. Bu usuldagi pirog juda tez tayyorlanilib,umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 22 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

350 gramm un
120 gramm yumshatilgan sariyog'
120 gramm shakar upasi
2 ta tuxum
0.5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
400-500 gramm danagidan ajtarilgan olcha
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
bir chimdim dolchin
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga yumshagan sariyog', shakar, vanil shakari, tuxu va tuz solamiz. Silliq holatga kirgunicha aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un va qabartmani elab solamiz. Qo'ldayaxshilab ishqalaymiz. Shunda kukunsimon holatga kiradi.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirdan ikkita teng bo'lmagan aylana shaklchalar yasab, yelim xaltaga solamiz va bir soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aylanasi 24-26 sm kattalikdagi qolipga pergament qog'oz to'shab, xamirning katta 1qismini qirg'ichdan chiqarib solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Danagidan tozalangan olchani kraxmal va dolchin bilan aralashtirib olamiz. So'ng olchani xamir ustidan terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidan qolgan xamirni ham qirg'ichdan chiarib sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

170 C darajada qizigan pechda 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishataha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

350 gramm un
120 gramm yumshatilgan sariyog'
120 gramm shakar upasi
2 ta tuxum
0.5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
400-500 gramm danagidan ajtarilgan olcha
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
bir chimdim dolchin
oldingi
Videoretsept: «Muraveynik» pishiriqlari
keyingi
Meksikancha salat

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.