O’zbekcha yopgan non
Masalliqlar:
-
250 millilitr iliq sut
-
250 millilitr iliq suv
-
110 millilitr o'simlik yog'i
-
700-800 gramm un
-
1 osh qoshiq quruq xamirturush
-
0,5 osh qoshiq shakar
-
2 choy qoshiq tuz
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
-
ustiga sepish uchun sedana+kunjut
-
ustiga sepish uchun sedana+kunjut
-
gaz pechi patnisiga surtish uchun tuxum oqi
Yo’nalishlar
Yopgan non – Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy noni. U tandirda – maxsus loydan yasalgan pechda pishiriladi, natijada u qizarib qarsildoq bo’lib chiqadi.
Bugun o’zbek tandir pishiriqlarini oddiy gaz pechida pishirish qanchalik osonligini ko’rsatamiz, ular tandirda pishganday qarsildoq, bir xil tiniq, paxmoq bo’lib chiqadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 18 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
250 millilitr iliq sut | |
250 millilitr iliq suv | |
110 millilitr o'simlik yog'i | |
700-800 gramm un | |
1 osh qoshiq quruq xamirturush | |
0,5 osh qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq tuz | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun sedana+kunjut | |
ustiga sepish uchun sedana+kunjut | |
gaz pechi patnisiga surtish uchun tuxum oqi |
Opara tayyorlaymiz:
Idishga iliq sut, suv, shakar, tuz va xamirturush solib, aralashtiramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 7 daqiqaga yuboramiz.
Xamir tayyorlaymiz:
Tayyor oparaga o'simlik yog'i quyib aralashtiramiz.
So'ngra oz-ozdan elangan un solib, yumshoq, cho'ziluvchan xamir qoramiz.
Maslahat: xamir ozroq qo'lga yopishadigan bo'lishi mumkin.
Xamirni o'simlik yog'i bilan yog'langan idishga solib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va 60 daqiqaga issiq joyga yuboramiz.
Oshgan xamirni 4 ga bo'lib, o'rtasini ezib, nonlar hosil qilamiz. O'rtasiga sanchqi tiqib chiqamiz.
Gaz pechi patnisini teskari o'girib, tuxum oqini surtamiz va nonlarni qo'yib chiqamiz.
Nonlarga tuxum sarig'i va sutli aralashmani surtib, kunjut va sedana sepamiz.
220 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 5-7 daqiqaga yuboramiz.
Masalliqlar:
250 millilitr iliq sut | |
250 millilitr iliq suv | |
110 millilitr o'simlik yog'i | |
700-800 gramm un | |
1 osh qoshiq quruq xamirturush | |
0,5 osh qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq tuz | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun sedana+kunjut | |
ustiga sepish uchun sedana+kunjut | |
gaz pechi patnisiga surtish uchun tuxum oqi |