Multivarkada pishirilgan pishloqli pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
6 osh qoshiq smetana
-
2 choy qoshiq qabartma
-
1.5 piyola un un
-
150 gramm margarin yoki sariyog'
-
Asosiga:
-
250-300 gramm yumshoq pishloq
-
1 bosh piyoz
-
3 ta tuxum
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Multivarka sohibasi bo’lsangiz-u, unda nimalar tayyorlashga boshingiz qotgan bo’lsa, unda bizning bugungi retsept aynan siz uchun! Pishloq qo’shib tayyorlanilgan bu pirog kechki taomning bemalol o’rnini bosa oladi.
Oddiy masalliqlardan rohatbaxsh ta’mli yegulik pishiring va oila a’zolaringizni xursand qiling!
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
6 osh qoshiq smetana | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1.5 piyola un un | |
150 gramm margarin yoki sariyog' | |
Asosiga: |
|
250-300 gramm yumshoq pishloq | |
1 bosh piyoz | |
3 ta tuxum | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Idishga xona haroratida yumshatilgan sariyog'ni solamiz, ustidan smetana, un, qabartma va tuzni solamiz va o'rtacha yumshoqlikdagi, qo'lga biroz yopishadigan xamir qorib olamiz.
Ustini yopib chetga qo'yamiz.
Multivarkaga yog'ni solamiz av piyozni to'g'rab, "жарка" degan tugmasini bosib, 5 daqiqa davomida qovuramiz.
Multivarka idishini olib yuvamiz, quritamiz va ostiga pergament qog'oz to'shaymiz.
Ustidan xamirni qo'yib qo'lda, yoyamiz. Chetlarini biroz ko'taramiz, shunda ichidagi asos oqib ketmaydi.
Xamirni ustidan qovurilgan piyozni solamiz va qoshiqda barcha joyiga teng taqsimlab olamiz.
Boshqa idish olamiz va ichiga 3 ta tuxumni chaqib olamiz.
Pishloqni mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab solamiz va ustidan tuxumlarni solamiz va qo'lda aralashtiramiz.
Pirogimizni 60 daqiqa "multipovar" tartibida pishiramiz va pishgandan so'ng, ochmasdan 30 daqiqa idishida sovutamiz.
Pirog pishgandan so'ng, multivarkani ochib tekshiring, usti qotganiga ishonch hosil qiling, agar tayyor bo'lmasa yana 20-30 daqiqa davomida pishiring. Chunki hammada har xil multivarka bo'lib, ular turli vaqtda pishiradi.
Pirogimiz sal soviganidan so'ng likopchaga ag'darib olamiz va ustini ko'katlar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
6 osh qoshiq smetana | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1.5 piyola un un | |
150 gramm margarin yoki sariyog' | |
Asosiga: |
|
250-300 gramm yumshoq pishloq | |
1 bosh piyoz | |
3 ta tuxum | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |