fbpx
Moxora

Moxora

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu O’zbekona sho’rvaning to’yimliligini siri – unga ko’p mahsulotlar qo’shilishidadir. Moxorani tushlik yoki kechki ovqat uchun tayyorlasangiz, dasturxondan hech kim och qolib turmasligi aniq.

Ushbu taomni tayyorlash uchun ancha vaqt sarf qilinadi, ammo oxirida juda mazali va to’yimli taom xosil bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm nut no'xati
100 millilitr o'simlik yog'i
0.5 kilogramm mol go'shti suyakli qismini ishlatgan yaxshi
80 gramm pomidor
3 osh qoshiq pomidor pastasi
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
100 gramm sabzi
200 gramm kartoshka
ta'bga ko'ra tuz va murch
bezak uchun ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Nut no'xatini 1 kunga illiq suvga uvitib qo'yamiz. Suv no'xatdan 4 barobar ko'p bo'lishi kerak.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonga o'simlik yog'ini solib qizdiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Birinchi bo'lib piyozni (yarim dumaloq shaklida to'g'ralgan) qovurib olamiz. Keyin o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'ralgan mol go'shtini solib, yaxshilab qovuramiz. So'ngra pomidor va pomidor pastasini solib, 3 daqiqa qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

O'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'ralgan sabzi va bulg'or qalampirini solamiz. Va nut no'xatini solib, orqasidan taxminan 4 litr sovuq suv quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sho'rva qaynaganidan so'ng hosil bo'lgan ko'piklarni yig'ib olamiz. Taxminan 3 soat past olovda qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kartoshkani po'stidan tozalab, o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'rab olamiz. Va sho'rva tayyor bo'lishidan 20 daqiqa oldin qo'shib, birga pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ziravorlar qo'shib, aralashtiramiz va yana 5 daqiqa pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor bo'lgan moxorani ko'katlar va piyoz bilan dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • Portsiya 5
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm nut no'xati
100 millilitr o'simlik yog'i
0.5 kilogramm mol go'shti suyakli qismini ishlatgan yaxshi
80 gramm pomidor
3 osh qoshiq pomidor pastasi
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
100 gramm sabzi
200 gramm kartoshka
ta'bga ko'ra tuz va murch
bezak uchun ko'katlar
oldingi
Feta pishlog’i va pomidordan quymoq
keyingi
Bug’da pishirilgan sudak balig’i va kartoshka pyuresi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.