Milly kafesidan retsept: Chakanda (oblepixa)li choy
Masalliqlar:
-
50 gramm chakanda mevasi
-
40 gramm limon
-
10 gramm yalpiz
-
80 gramm asal
-
1 paketcha qora choy
Yo’nalishlar
Qishdan so’ng bahor boshlanadi, bizning organizm esa kuchsizlanib qoladi. Shunday paytda immunitetni ko’taruvchi mazali ichimliklardan tayyorlab, yaqinlaringizni xursand qiling.
Bu ichimlik ko’pgina vitamin va minerallarga boy bo’lib, chanqoqni qondiradi. Bunday mazali ichimligi retsepti bilan Milly kafesi bugun bizlarni quvontiradi.
Toshkentda muzlatilgan chakanda ya’ni oblepixani supermarketlardan va Oloy bozoridan ham topishingiz mumkin.
Masalliqlar:
50 gramm chakanda mevasi | |
40 gramm limon | |
10 gramm yalpiz | |
80 gramm asal | |
1 paketcha qora choy |
Choynakka yangi uzilgan yoki muzlatilgan oblepixani solib, ezamiz.
Limon, yalpiz, asal va choyni ham solamiz.
Qaynagan suv solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Choyni 20 daqiqaga dam soldirib qo'yamiz, so'ng esa bemalol ichib, ajoyib ta'mdan bahra olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
50 gramm chakanda mevasi | |
40 gramm limon | |
10 gramm yalpiz | |
80 gramm asal | |
1 paketcha qora choy |