Mikroto’lqinli pechda suli yormasidan bo’tqa pishirish
Masalliqlar:
-
100 gramm suli yormasi
-
200 millilitr sut
-
200 millilitr suv
-
1 dona banan
-
20 gramm sariyog'
-
ta'bga qarab tuz
-
ta'bga qarab shakar
Yo’nalishlar
Mevalar qo’shib tayyorlangan suli yormasidan bo’tqa – butun oila uchun eng foydali nonushta bo’la oladi desak adashmaymiz. Ammo ko’pincha ertalabgi nonushtani uzoq vaqt tayyorlashga vaqt topolmaymiz.
Ertalab vaqti tig’iz ayollarimiz uchun bu foydali retsept ekanligiga shubhamiz yo’q. Tayyor bo’lsangiz, unda boshladik!
Masalliqlar:
100 gramm suli yormasi | |
200 millilitr sut | |
200 millilitr suv | |
1 dona banan | |
20 gramm sariyog' | |
ta'bga qarab tuz | |
ta'bga qarab shakar |
Mikroto'lqinli pechga chidamli idish olamiz, suli yormasi, suv va sutni solamiz.
Ta'bga qarab tuz va shakar solamiz va aralashtiramiz.
Bananni aylana shaklda to'g'raymiz va ustidan solamiz.
Ustidan sariyog' bo'lagini ham solamiz.
Idishni qopqog'ini yopib, 5 daqiqa 600 Vt da pishirib olamiz. Pishgandan so'ng miroto'lqinli pechda 2 daqiqagacha qoldirib, so'ng olib iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
3 Sharhlar Hide Comments
Iltimos, matnni ko’rib chiqinglar, ko’p xatolar uchrayapti, ayniqsa kelishiklarda.
Assalomuy aleykum! Anvar, bizlar bu matnda xatolarni ko’rmayapmiz. Aynan qayerlarda xato yozilgan, shu gaplarni yozib yuboring. Rahmat.
Katta rahmat