fbpx
Mikroto’lqinli pechda pishirilgan pirog

Mikroto’lqinli pechda pishirilgan pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga ajoyib ta’mli va juda chiroyli ko’rinishga ega bo’lgan pirog retseptini taqdim etamiz. Bu pishiriqni tayyorlash uchun sizdan 10 daqiqagina bo’sh vaqt va mehr talab qilinadi.

Qarabsizki yangi bu retsept sizning sevimli yeguliklaringiz ro’yxatidan joy oladi!

Masalliqlar:

3 ta tuxum
150 gramm un
100 gramm shakar
3 osh qoshiq smetana
0.5 choy qoshiq qabartma
2 dona olma
Qadam 1
Tugallandi

Idishga tuxumni chaqib solamiz va ustidan shakarni solib, venchikda ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Smetanani solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unga qabartmani solamiz va tuxumli aralashmaga solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Olmalarni po'stidan archib, mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Mikroto'lqinli pechga mo'ljallangan qolipga olmalarni solamiz va ustidan xamirni quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pirogni mikroto'lqinli pechga qo'yamiz va eng yuqori quvvatda 10 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pirogni uzoq pishirib qurutib yubormang. Ustini xohishga qarab eritilgan shokolad yoki mevalar bilan bezating. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta tuxum
150 gramm un
100 gramm shakar
3 osh qoshiq smetana
0.5 choy qoshiq qabartma
2 dona olma
oldingi
Tovuq va pishloqli salat
keyingi
Mikroto’lqinli pechda pishirilgan dolchinli tayoqchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.