fbpx
Mikroto’lqinli pechda mazali tovuq pishirish

Mikroto’lqinli pechda mazali tovuq pishirish

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga qanday qilib, mikroto’lqinli pechda mazali va tez tayyorlaniladigan tovuq pishirishni o’rgatmoqchimiz. Bunday usulda tovuq pishirish sizning eng sevimli retseptingizga aylanishi aniq.

Pishgan tovuq go’shtidan salatlarda, sendvichlarda va shunchaki o’zini mazali kechki ovqat sifatida tanovvul qilishingiz mumkin.

Tovuq go’shtini turlicha marinadlashingiz va buning evaziga har xil ta’mlarni kashf qilishingiz mumkin.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tovuq go'shti (lahm)
50 gramm mayonez
0.5 choq qoshiqdan tuz va murch
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
Qadam 1
Tugallandi

Mayonezni tuz va barcha qolgan ziravorlar bilan aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq go'shtini yuvib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Go'shtga mayonezli aralashmani yaxshilab surtamiz va 20 daqiqaga marinadlab qo'yamiz, ya'ni shunchaki chetga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq go'shtini maxsus toblatmalarga mo'ljallangan yelim qog'ozga solib, havo chiqishi uchun bir necha joyini teshamiz va mikroto'lqinli pechda pishirib olamiz.

Yoki pergament qog'ozga solib ustini tishkovlagich bilan biriktirib qo'yasiz.

5 daqiqa davomida pishiramiz va har xil salatlar bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 25 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tovuq go'shti (lahm)
50 gramm mayonez
0.5 choq qoshiqdan tuz va murch
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0.5 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
oldingi
Room 5 kafesidan retsept: Kesadilya
keyingi
Videoretsept: Paxlava

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.