Maymunjondan tayyorlangan moxito
Masalliqlar:
-
300 gramm maymunjon
-
1 litr shirin gazli ichimlikSprite yoki 7Up
-
2 ta laym
-
yarim bog' yalpiz
-
7-8 ta muz bo'lakchalari
Yo’nalishlar
Maymunjonlardan nimadir tayyorlagimiz keldi va moxitodan tayyorlashga qaror qildik. Nihoyatda mazali va tetiklashtiruvchi bunday ichimlik barcha hamkasblarimizga birdek manzur keldi.
Bayramona ko’rinishdagi bu ichimlikni tayyorlash 5 daqiqa vaqtni olasi, xolos.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm maymunjon | |
1 litr shirin gazli ichimlik | |
2 ta laym | |
yarim bog' yalpiz | |
7-8 ta muz bo'lakchalari |
Maymunjonlarni blender idishiga solamiz va yaxshilab ezib, maydalab olamiz.
Ustidan gazli ichimlikno quyamiz. Buning uchun Sprite yoki 7Updan ishlatsak maqsadga muvofiq bo'ladi. So'ng mayda to'g'ralgan yalpiz va laymni ham solamiz.
Hammasini yaxshilab aralashtirib, 10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Ichimlikni stakanlarga quyib, yalpiz yaproqchalari va laym bo'laklari bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm maymunjon | |
1 litr shirin gazli ichimlik | |
2 ta laym | |
yarim bog' yalpiz | |
7-8 ta muz bo'lakchalari |