Mayizli oddiy keks
Masalliqlar:
-
3 ta tuxum
-
105 gramm shakar
-
bir chimdim tuz
-
165 gramm un
-
7 gramm qabartma
-
130 gramm sariyog'
-
Asosiga:
-
250 gramm xohlagan quritilgan mevalar
-
25 gramm shakar
-
Shakarli qiyomiga:
-
100 millilitr suv
-
130 gramm shakar
Yo’nalishlar
Mayizli kekslarning biz bilgan eng mazali retseptini bizlar bugun siz azizlarga havola qilamiz. Bunday pishiriqni tayyorlash juda oson bo’lib, hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 22 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3 ta tuxum | |
105 gramm shakar | |
bir chimdim tuz | |
165 gramm un | |
7 gramm qabartma | |
130 gramm sariyog' | |
Asosiga: |
|
250 gramm xohlagan quritilgan mevalar | |
25 gramm shakar | |
Shakarli qiyomiga: |
|
100 millilitr suv | |
130 gramm shakar |
Shakarli qiyomni tayyorlaymiz
Shakar va suvni qozonchaga solib aralashtiramiz, qaynash darajasiga keltiramiz, shakar eriguncha aralashtirib, olovni o'chiramiz va sovutamiz.
Asosi uchun bizga 50 gramm qiyom kerak bo'ladi, qolganini esa idishga solib, sovutgichda saqlash mumkin.
Quruq mevalarni yuvib, qog'oz sochiq ustidan terib quritamiz.
Turshak va quritilgan olxo'rini mayiz kattaligidek to'g'rab chiqamiz.
Shakar, quritilgan mevalar, qiyom va mayizni aralashtirib olamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, 155 C darajada qizigan pechda pishirib olamiz. So'ng sovutamiz.
Xamirini tayyorlaymiz
Idishga un va qabartmani elab solamiz, shakar va tuzni solib, aralashtirib olamiz.
Bittadan tuxumni chaqib solamiz va ko'pirtiramiz.
Eritilgan sariyog'ni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Eng oxirida esa quruq mevalarni solamiz va aralashtirib olamiz.
Xamirni yog'langan qolipga quyamiz va 170 C darajada qizigan pechda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.