Marta Styuartdan o’rikli keks
Masalliqlar:
-
1 ta katta tuxum
-
170 gramm shakar
-
80 gramm yumshatilgan sariyog'
-
125 millilitr sut
-
170 gramm un
-
1,5 choy qoshiq qabartma
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
1 o'ram vanilin
-
300 gramm o'rik
-
ustiga sepish uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
Bu yozning eng mazali o’rikli keksini qabul qiling! Bu keks odatdagilardan farq qilib, juda yumshoq va mazali ta’mda chiqadi.
Bir bo’lak yesangiz, keyin o’zingizni tuta olmasligingiz aniq! O’riklar tugab qolmasdan, ulardan albatta tayyorlab ko’ring.
Bu keksni tayyorlash uchun aylanasi 18-21 sm li qolipdan foydalaning. Agarda kattaroq qolipdan foydalansangiz, keks past chiqib, o’z chiroyini yo’qotadi.
Tayyorlaniladigan pirogga taxminan 10 000 so’m pul sarflanniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.
Masalliqlar:
1 ta katta tuxum | |
170 gramm shakar | |
80 gramm yumshatilgan sariyog' | |
125 millilitr sut | |
170 gramm un | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 o'ram vanilin | |
300 gramm o'rik | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |
O'riklarni yuvib, ikkiga bo'lamiz. Danagidan tozalab olamiz. Agar o'riklar katta bo'lsa, unda ularni 4 ga bo'lamiz.
Un, qabartma va tuzni elab olamiz.
Alohida idishda xona haroratida yumshagan sariyog' va shakarni yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Ustidan vanilinni solamiz.
Sariyog'li aralashma ustidan 1 dona tuxum va sutni solib, pastroq bosimda ko'pirtiramiz.
Unli aralashmani solib, yana biroz ko'pirtirib olamiz.
Xamir xuddi suyuq smetanadek chiqadi.
Qolipga pergament qog'oz to'shab, chetlariga sariyog' surtamiz.
O'riklarni keks ustiga terib chiqamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida avval 10 daqiqa pishiramiz, so'ng olovni 160 c ga tushirib, yana 50 daqiqa pishirib olamiz.
Pishgan pirogni qolipida sovutib olamiz, undan so'nggina esa qolipidan ajratib, kesamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 ta katta tuxum | |
170 gramm shakar | |
80 gramm yumshatilgan sariyog' | |
125 millilitr sut | |
170 gramm un | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 o'ram vanilin | |
300 gramm o'rik | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |