Makkajo’xori «qovurg’achalari»
Masalliqlar:
-
3 ta o'rtacha makkajo'xori
-
30 millilitr zaytun yog'i
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
0,5 choy qoshiq qora murch
-
Sous uchun
-
30 millilitr mayonez
-
10 millilitr ketchup
-
1 osh qoshiq limon sharbati
Yo’nalishlar
Makkajo’xorini qaynatilgan holda iste’mol qilishga kichikligimizdan odatlanganmiz. Ammo bu, o’zgacha tayyorlash usuli o’z ta’mi va osonligi bilan barchani hayratda qoldiradi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
3 ta o'rtacha makkajo'xori | |
30 millilitr zaytun yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
Sous uchun |
|
30 millilitr mayonez | |
10 millilitr ketchup | |
1 osh qoshiq limon sharbati |
Makkajo’xorini tik qo’yib, o’tkir pichoq yordamida ikkiga bo’lamiz, so’ng har bir qismni yana 2 qismga bo’lamiz.
4 ta, qovurg’aga o’xshaydigan, bir xil xajm va shakldagi qismlar hosil bo’lishi kerak.
Idishda zaytun yog’i va ziravorlarni aralshtiramiz.
«Qovurg’achalarni» pergament qog’ozi solingan patnisga qo’yamiz va har birini ziravorlik yog’ bilan surtamiz.
190-200С gacha qizdirilgan pechga 30 daqiqaga qo’yamiz.
Sous tayyorlaymiz
Idishda mayonez, ketchup va limon sharbatini aralashtiramiz.
Masalliqlar:
3 ta o'rtacha makkajo'xori | |
30 millilitr zaytun yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
Sous uchun |
|
30 millilitr mayonez | |
10 millilitr ketchup | |
1 osh qoshiq limon sharbati |