fbpx
«Koul Slou» salati

«Koul Slou» salati

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Qaylasiga:

    Yo’nalishlar

    «Koul Slou» bu karamdan tayyorlaniladigan amerikancha salat bo’lib, uni asosan burgerlar va grillda pishirilgan go’sht bilan tanovvul qilishadi.

    Bu salat boshqalaridan o’zining ajoyib qaylaga qorilishi bilan farq qiladi. Bu salatni ozishni xohlovchilar ham bemalol iste’mol qilishlari mumkin.

    Salatning 100 grammi 152 kKal ni tashkil qiladi.

    Tayyorlaniladigan salatga 4 000 so’m pul sarflaniladi.*

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    400 gramm karam
    150 gramm qizil sabzi
    1 bosh qizil piyoz
    Qaylasiga:
    3 osh qoshiq smetana
    3 osh qoshiq mayonez
    1 osh qoshiq shakarsiz yogurt
    1 osh qoshiq olma sirkasi
    1 choy qoshiq xantal donachalari
    1 osh qoshiq shakar
    ta'bga qarab tuz va murch
    Qadam 1
    Tugallandi

    Karamni yupqa, sabzini po'stidan archib somoncha to'g'rab oling.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Piyozni yupqa yarim halqa qilib to'g'rab oling.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Barcha sabzavotlarni bitta idishga solib, qo'lda yaxshilab mijiqlab olamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Alohida idishga smetana, mayonez, ogurt, olma sirkasi, shakar, tuz, murch va xantal donachalarini solib, qaylani tayyorlab olamiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Qaylani karamli aralashma ustidan solib, yaxshilab aralashtirib olamiz va 5-10 daqiqaga tindirib qo'yamiz. So'ng likopchalarga solib, ishtaha bilan iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

    Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi bilib olishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • 20 daqiqa
    • Portsiya 8
    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    400 gramm karam
    150 gramm qizil sabzi
    1 bosh qizil piyoz
    Qaylasiga:
    3 osh qoshiq smetana
    3 osh qoshiq mayonez
    1 osh qoshiq shakarsiz yogurt
    1 osh qoshiq olma sirkasi
    1 choy qoshiq xantal donachalari
    1 osh qoshiq shakar
    ta'bga qarab tuz va murch
    oldingi
    Qovoqcha va tovuq go’shtidan pishirilgan toblatma
    keyingi
    Videoretsept: Shokoladli beze

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.