Kokosli «Kuxen» pirogi
Masalliqlar:
-
200 millilitr kefir
-
1 ta tuxum
-
150 gramm shakar
-
10 gramm qabartma (razrixlitel)
-
375 gramm un
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
120 millilitr 15-20 % li qaymoq
-
100 gramm kokos qirindisi
Yo’nalishlar
Ushbu pirog – bu ishtaha ochar, to’yimli, past kaloriyali va tez tayyorlanadigan piroglardan biridir. Kokosning yorqin va o’zgacha ta’mi qaymoq va vanil ta’mlari bilan ajoyib ravishta to’lib turadi.
Bunday pirog kutilmagan mehmonlarni ajablantirishi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 millilitr kefir | |
1 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
10 gramm qabartma (razrixlitel) | |
375 gramm un | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
120 millilitr 15-20 % li qaymoq | |
100 gramm kokos qirindisi |
Chuqur idishga kefir, tuxum va shakarni solib, mikser yoki venchik yordamida aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan aralashmaga un va qabartmani elakdan o'tkazib solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.
Xamirni yog'langan, 22-24 smli diametrga ega qolipga solamiz.
Alohida idishda kokos qirindisini shakar va vanil shakari bilan aralashtiramiz.
Qolipdagi xamir ustiga kokos qirindisili aralashmani bir xil qilib sepib chiqamiz.
Pirogni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga yuboramiz. Pechga solinganidan 10 daqiqa o'tgach ustidagi kokoslari kuyib ketmasligi uchun pirog ustini folga bilan yopib qo'ysa ham bo'ladi.
Maslahat: pirog pishganini unga tish kovlagich tiqib ko'rib bilsa bo'ladi. Agar tayoqcha quruq chiqsa, demak pirog pishgan.
Masalliqlar:
200 millilitr kefir | |
1 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
10 gramm qabartma (razrixlitel) | |
375 gramm un | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
120 millilitr 15-20 % li qaymoq | |
100 gramm kokos qirindisi |