Kokos qirindisi va suli parchalaridan qilingan pechenyelar
Masalliqlar:
-
250 gramm "Gerkules" nomli suli yormasi
-
200 gramm un
-
10 gramm qabartma
-
2 ta tuxum
-
180 gramm yumshatilgan sariyog'
-
160 gramm shakar
-
2 choy qoshiq vanil shakari
-
30 gramm kokos qirindisi
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Suli parchalaridan tayyorlaniladigan pechenyelar ko’pchilikka juda yoqadi. Ammo odatiy yeguliklarga o’zgartirish kiritib turmasak, tezda me’daga tegib qolishi mumkin.
Shu sababli ham bizlar bugun odatiy pechenyelarni kokos qirindisi bilan tayyorlashga qaror qildik. Bunday pechenyelar juda xushbo’y bo’lib chiqadi va uzoq muddatgacha yaxshi saqlanadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm "Gerkules" nomli suli yormasi | |
200 gramm un | |
10 gramm qabartma | |
2 ta tuxum | |
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
160 gramm shakar | |
2 choy qoshiq vanil shakari | |
30 gramm kokos qirindisi | |
bir chimdim tuz |
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar va tuz bilan birga ko'pirtirib olamiz.
Tuxumni bittadan solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Alohida idishga un va qabartmani elab solamiz. Ustidan kokos qirindisi va suli parchalarini ham solib, aralashtirib olamiz.
Quruq massani sarirog'-tuxumli aralashma ustidan solamiz. Xamir qorib olamiz.
Xamirdan yong'oq kattaligidek sharchalar yasab chiqamiz va pergament qog'oz to'shalgan patnis ustidan terib chiqamiz. Kichikroq stakan tagi bilan xamirlarni nomiga bosib chiqamiz.
160 C darajada qizigan pechga qo'yib, 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm "Gerkules" nomli suli yormasi | |
200 gramm un | |
10 gramm qabartma | |
2 ta tuxum | |
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
160 gramm shakar | |
2 choy qoshiq vanil shakari | |
30 gramm kokos qirindisi | |
bir chimdim tuz |