fbpx
Ko’katli to’rtburchaklar (bichak)

Ko’katli to’rtburchaklar (bichak)

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Bu pishiriq asosan Samarqand viloyatida keng tarqalgan bo’lib, oddiy osh xamirdan tayyorlaniladi. Somsalardan farqliroq, bunda xamir oddiy oshxamir bo’lib, yog’ surtilmaydi.

Tayyorlash jarayoni ham ko’p vaqtni talab qilmaydi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
700 gramm un
230 millilitr iliq suv
1.5 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
2 bog' ismaloq
100 gramm yalpiz
2 bog' jag'-jag'
1 bog' shivit
1 bog' mator ko'kati
2-3 dona piyoz
ta'bga qarab dumba yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Iliq suvga tuzni solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unni elab olamiz, ustidan namakobni solib, o'rtacha yumshoqlikdagi, qo'lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yaxshil;ab mushtlab, ustidan o'simlik yog'i surtamiz va ustini yopib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ko'katlarni yuvib, hammasini to'g'rab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Piyozlarni ham mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Hammasini bitta idishga solib, tuz va murch sepamiz.

Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni olib yupqa yoyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Uni 10x10 sm kattalikda kesib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

O'rtasiga 1.5-2 osh qoshiqdan asos solamiz va to'rtburchak qilib tugamiz.

Chokli tomonini pastga qaratib, patnisga teramiz.

Gaz pechi patnisini yog'lang yoki pergament qog'oz to'shang.

Qadam 10
Tugallandi

Ustiga tuxum sarig'i surtamiz va kunjut sepamiz.

Qadam 11
Tugallandi

180 C darajada 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
700 gramm un
230 millilitr iliq suv
1.5 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
2 bog' ismaloq
100 gramm yalpiz
2 bog' jag'-jag'
1 bog' shivit
1 bog' mator ko'kati
2-3 dona piyoz
ta'bga qarab dumba yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Tvorogli pechenyelar
keyingi
Tiramisu

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.