Ko’katli sirniklar
Masalliqlar:
-
460 gramm tvorog
-
1 dona tuxum
-
50 gramm pishloq
-
45 gramm un
-
4 dona ko'k piyoz
-
1 bog' shivit
-
0.5 bog' petrushka
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Shakar solinmaydigan sirniklar ham mavjudligidan xabardormisiz? Xuddi shunday, shulardan biri tvorog va ko’katli sirniklar bo’lib, ularga pishloqning solinishi yanada mazaliroq chiqishini kafolatlaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
460 gramm tvorog | |
1 dona tuxum | |
50 gramm pishloq | |
45 gramm un | |
4 dona ko'k piyoz | |
1 bog' shivit | |
0.5 bog' petrushka | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Chuqurroq likopchaga tvorog va tuxumni solamiz, sanchiqada ezib maydalaymiz.
Pishloqni qirg'ichning mayda tishchasidan chiqaramiz. Ko'katlarni mayda qilib to'g'raymiz. Qattiq poyachalarini olib tashlaymiz.
Unning 2/3 qismi, ko'katlar va pishloqni tvorog ustidan solamiz. Qolgan unni esa sirniklarni belab olish uchun olib qo'yamiz.
Qo'lda xamirni yaxshilab aralashtirib, aylana shaklchalar yasaymiz va unga belab olamiz.
Tovaga ozroq yog' quyib, har bir tomonini 5-7 daqiqadan qovurib olamiz. Sirniklarni ag'dargandan so'ng, xohishga qarab qopqog'ini yopib qovursak ham bo'ladi.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
460 gramm tvorog | |
1 dona tuxum | |
50 gramm pishloq | |
45 gramm un | |
4 dona ko'k piyoz | |
1 bog' shivit | |
0.5 bog' petrushka | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |