fbpx
Kavatakli osh (tok oshi)

Kavatakli osh (tok oshi)

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Kavatak uchun

Yo’nalishlar

Ajoyib kavatakli oshni tayyorlashni sizga tavsiya qilamiz.

Ma’lumki, yangi tok barglari juda foydali va ulardan turli-xil taomlar tayyorlasa bo’ladi. Masalan, dunyoga mashhur do’lma, bizda esa o’zbekcha kavatak bor (bu nom ko’proq vodiyda ishlatiladi). Ular bir biridan tayyorlanish uslubi bilan farq qiladi. Kavatak oshning ichida pishiriladi, va go’sht o’rnini bosa oladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 95 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm mol yoki qo'y go'shti
100 gramm dumba yog'i
500 gramm qizil sabzi
2 ta piyoz
750 gramm "lazer" guruchi
150 millilitr o'simlik yog'i
1 osh qoshiq tuz
2 choy qoshiq zira
Kavatak uchun
60 ta tok barglari
3 ta piyoz
500 gramm mol go'shtidan qiyma
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq zira
500 millilitr suv
Qadam 1
Tugallandi

Kavatak tayyorlaymiz

Idishga qiyma solamiz, so’ng mayda to’g’ralgan piyoz va ziravorlar qo’shamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tok barglarini yuvib olamiz. Katta va eski barglarni yumshatish uchun qaynaq suvga solamiz, yangi barglar esa mayin bo’ladi, shuning uchun ularni solish shart emas.

Qadam 3
Tugallandi

Har bir barg ustiga biroz qiyma solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bargning chekkalarini o’rtaga buklab, pastdan tepaga aylantirib tugamiz. Tayyor kavataklarni, ochilib ketmasligi uchun, o’rtasini ignada teshib ipga o’tkazamiz. Ipning uchlarini bog’laymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Osh tayyorlaymiz

Guruchni bir necha marta sovuq suvda yuvib, 20-25 daqiqaga toza suvda qoldiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qozonni olovga qo’yib qizdiramiz. Dumba yog’ini eritib, jizzalarni likopchaga olib qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Eritilgan yog’ga o’simlik yog’ini qo’shamiz va qizdiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Go’shtni katta bo’laklarga bo’lib, qozonga solib yaxshi qo’vuramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ustiga yarim oy shaklida to’g’ralgan piyoz va tuz qo’shib qizartirib qo’vuramiz.

Qadam 10
Tugallandi

So’ngra mayda kertilgan sabzini qo’shamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Sabzi qovurilgandan keyin ustiga suv, zira qo’shib qaynatamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Zirvak yaxshi qaynagandan so’ng, ustiga kavatakni solib, 20-25 daqiqa mobaynida o’rtacha olovda pishiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

25 daqiqa o’tgach kavataklarni qozondan olib qo’yamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Guruch suvini to’kib, qozonga solamiz va ustini berkitadigan qilib suv quyamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Taxminan 10-15 daqiqa, suv tugaguncha qaynatamiz. Suv miqdorini tekshirish uchun oshning ichida, taxta tayoqcha yoki qoshiq yordamida, bir nechta teshik hosil qilamiz, va unga qarab suv tugaganini tushunamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Suv tugagandan so’ng, zira sepamiz va kavataklarni solamiz. Ustini yaxshi berkitamiz va 10-15 daqiqa past olovda, guruch pishgunga qadar, dimlaymiz.

Qadam 17
Tugallandi

Osh tayyor bo’lganda, qozondan go’sht va kavatakni chiqarib olamiz. Go’shtni mayda to’g’rab, kavataklarni ipdan tushuramiz.

Qadam 18
Tugallandi

Oshni yaxshilab aralashtirib tovoqga solamiz. Ustiga go’sht va kavataklarni solib dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaxa!

  • 1,5 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm mol yoki qo'y go'shti
100 gramm dumba yog'i
500 gramm qizil sabzi
2 ta piyoz
750 gramm "lazer" guruchi
150 millilitr o'simlik yog'i
1 osh qoshiq tuz
2 choy qoshiq zira
Kavatak uchun
60 ta tok barglari
3 ta piyoz
500 gramm mol go'shtidan qiyma
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq zira
500 millilitr suv
oldingi
Videoretsept: qulupnaylik mini-piroglar
keyingi
«Bahorgi» salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.