Kartoshkali salat
Masalliqlar:
-
0.5 kilo kartoshka
-
1 bog' kashnich
-
2 osh qoshiq zaytun moyi
-
bir chimdim yanchilgan kashnich
-
bir chimdim qora murch
-
ta'bga ko'ra tuz
Yo’nalishlar
Kartoshkali salat oson tayyorlaniladigan va darhol likopchalardan yo’qolib qoladigan mazali yegulikdir. To’yimliligi sababli ham kechki ovqatni o’rnini bosa oladi. U hammabop bo’lib, to’yimli va betakror xushbo’y iforga ega!
Salat uchun kartoshkani po’stlog’i bilan qaynatishni tavsiya beramiz. Kartoshkani me’yoridan ortiq qaynatib yubormaslik kerak: sanchqi yordamida oson teshiladigan holatga kelganda, idishni olovdan olsangiz bo’ladi. Kartoshkani ilig’ligida archib olgan ma’qul.
Masalliqlar:
0.5 kilo kartoshka | |
1 bog' kashnich | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
bir chimdim yanchilgan kashnich | |
bir chimdim qora murch | |
ta'bga ko'ra tuz |
Kartoshkani po’sti bilan qaynatib oling. Qaynab pishgan kartoshkani ozroq sovutib, tozalab, o’rtacha to'rtburchak qilib to’g’rang.
Kartoshka sovumasdan unga mayda to’g’ralgan kashnich, ziravorlar va zaytun moyi qo’shing.
Bu xushta'm yegulikni salat sifatida ham, go’sht bilan baliqqa gazak sifatida ham dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
0.5 kilo kartoshka | |
1 bog' kashnich | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
bir chimdim yanchilgan kashnich | |
bir chimdim qora murch | |
ta'bga ko'ra tuz |