Kartoshkali nokki (chuchvara)
Masalliqlar:
-
500 gramm kartoshka
-
150 gramm un
-
1 ta tuxum sarig'i
-
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Nokkilar deb – italyancha «dangasa» chuchvaralarga aytiladi. Ular ichida eng ommalashgani esa kartoshkali nokkilar hisoblanarkan. Aytgancha, Italiyada nokkilarni pastalar qatoriga qo’shisharkan va shuning uchun ham ularni har xil qaylalar bilan birga iste’mol qilishar ekanlar.
Nokki asosiy ovqat o’rnini ham, ovqatga qo’shimcha gazak sifatida ham iste’mol qilinadi. Biz bu taomni «Alfredo» qaylasi bilan birga iste’mol qilishni tavsiya qilamiz.
Masalliqlar:
500 gramm kartoshka | |
150 gramm un | |
1 ta tuxum sarig'i | |
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Kartoshkani tuzli suvda qaynatib olamiz yoki zar qog'ozga o'rab 180 C da gaz pechida bir soat davomida pishirib olamiz.
Pishgan kartoshkani po'stini archib, pyure holatiga keltiramiz.
Pyurega tuxum sarig'ini solib, ustidan ziravorlarni sepamiz.
Ustidan un solib, xamir qoramiz.
Qaynayotgan tuzli suvga xamirchalarni solamiz va pishirib olamiz.
Xamir bo'lakchalari suv sathiga ko'tarilgandan so'ng, yana yarim daqiqa davomida ushlab turamiz va suzib olamiz.
Pishirilmagan nokkilarni esa muzlatgichda saqlab, xohlagan vaqtingiz olib qaynating va iste'mol qiling. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm kartoshka | |
150 gramm un | |
1 ta tuxum sarig'i | |
ta'bga qarab maydalangan muskat yong'og'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |