Karam va kolbasadan tayyorlanilgan pirog
Masalliqlar:
-
400 gramm tayyor oshirma xamir
-
600 gramm yangi chiqqan karam
-
100 gramm piyoz
-
100 gramm qizil sabzi
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
3-4 ta "pepperoni" kolbasalari yoki xohlagan dudlangan kolbasa
-
bir bog' petrushka yoki kashnich
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
10 gramm yumshatilgan sariyog'
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 dona tuxum sarig'i
-
1 osh qoshiq sut
-
ustiga sepish uchun sedana
Yo’nalishlar
Oshirma xamirdan tayyorlanib, asos sifatida karam va kolbasa qo’shilgan mazali pirogdan tayyorladik. Kamroq xamir-u, ko’proq asosni sevuvchilarga bu pishirig’imiz yoqishi aniq.
Biz bunda sotuvdagi tayyor oshirma xamirlardan foydalandik, siz ham shunday qilishingiz yoki xamirni o’zingiz tayyorlashingiz mumkin.
Pishgan taomga sarflangan pul taxminan — 11 000 so’m.*
*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm tayyor oshirma xamir | |
600 gramm yangi chiqqan karam | |
100 gramm piyoz | |
100 gramm qizil sabzi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3-4 ta "pepperoni" kolbasalari yoki xohlagan dudlangan kolbasa | |
bir bog' petrushka yoki kashnich | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
10 gramm yumshatilgan sariyog' | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 dona tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq sut | |
ustiga sepish uchun sedana |
Tovaga o'simlik yog'ini solib, piyozni biroz qovurib olamiz.
Qizil sabzini qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib, piyozning ustidan solamiz.
Birgalikda ikki daqiqa davomida qovuramiz.
Karamni ingichka to'g'rab olamiz, qo'lda biroz g'ijimlab, tovaga solib, sabzavotlar bilan birga qovuramiz.
Tuz va murch sepib, 5 daqiqa qovuramiz.
Karam ezilib ketmasin, biroz qarsildoq bo'lib qolsin, shunga e'tibor qarating.
Tayyor bo'lishiga bir daqiqa qolganda ustidan mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz, ko'katlar va parrak qilib to'g'ralgan kolbasalarni solamiz.
Tuz va murch sepib, sariyog'ni ham solamiz.
Все перемешать, снять с огня и дать немного остыть.
Xamirni olib, teng ikki qismga ajratamiz.
Xamirni 3-5 mm qalinlikda yoyib olamiz.
Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shab, ustidan yoygan xamirimizni qo'yamiz.
Ichiga asosni solib, qoshiq bilan tekislab olamiz. Ikkinchi yoygan xamirimizni bilan ustini yopamiz. Chetlarini chiroyli buklab, ortiqcha havo chiqib ketishi uchun ustini sanchiq bilan bir nechta joyini teshib chiqamiz.
Sut bilan tuxum sarig'ini aralashtirib, pirog ustiga surtamiz va sedana urug'laridan sepamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm tayyor oshirma xamir | |
600 gramm yangi chiqqan karam | |
100 gramm piyoz | |
100 gramm qizil sabzi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3-4 ta "pepperoni" kolbasalari yoki xohlagan dudlangan kolbasa | |
bir bog' petrushka yoki kashnich | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
10 gramm yumshatilgan sariyog' | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 dona tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq sut | |
ustiga sepish uchun sedana |