Issiq shokolad
Masalliqlar:
-
1 dona achchiq ta'mli "Amilov" shokoladli plitkasi
-
500 millilitr sut
-
20 millilitr yog'li qaymoq
-
1 ta dolchin tayoqchasi
-
2 osh qoshiq shakar
-
2 osh qoshiq kakao kukuni
-
ta'bga qarab marshmello
Yo’nalishlar
Agarda Siz ham shokolad ishqibozlaridan biri bo’lsangiz, unda mana bunday issiq shokoladli ichimlik sizga yoqadi. Bunday ichimlik ayniqsa salqin kunlarda qizitib, badanni yayratadi.
Biz bilan birga tayyorlab ko’ring va kayfiyatingizni ko’taring! Shuningdek, bunday ichimlik ustini ko’pirtirilgan qaymoq yoki marshmello bilan bezatishingiz ham mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 dona achchiq ta'mli "Amilov" shokoladli plitkasi | |
500 millilitr sut | |
20 millilitr yog'li qaymoq | |
1 ta dolchin tayoqchasi | |
2 osh qoshiq shakar | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
ta'bga qarab marshmello |
Shokolad va qaymoqni bitta idishga solamiz. Suv bug'i ustiga qo'yib, eritib olamiz.
Hosil bo'lgan masaga shakar va kakaoni solamiz. Yaxshilab aralashtiirb olamiz.
Sutni oz-ozdan quyib, venchikda aralashtirib olamiz.
Xohishga qarab dolchin tayoqchasidan ham solishingiz mumkin. Buning uchun aralashmamizga dolchin tayoqchasini solamiz va gazga qo'yib, bir-ikki daqiqa qaynatamiz.
Masalliqlar:
1 dona achchiq ta'mli "Amilov" shokoladli plitkasi | |
500 millilitr sut | |
20 millilitr yog'li qaymoq | |
1 ta dolchin tayoqchasi | |
2 osh qoshiq shakar | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
ta'bga qarab marshmello |